Issiqko‘l 6 tonnalik chiqindidan tozalandi
Rasmiylar respublikadagi eng go‘zal suv havzasini saqlab qolish va ekologik ofatning oldini olmoqchi.
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonning yirik suv havzasi bo‘lgan Issiqko‘l va uning atrofi tozalandi. Bu borada davlat rahbari Sadir Japarov tomonidan alohida topshiriq berilgan.
Rasmiylar respublikadagi eng go‘zal suv havzasini saqlab qolish va ekologik ofatning oldini olmoqchi. Bu haqda “MIR 24” xabar berdi.
Ko‘ldagi muammo dam oluvchilarda
Ko‘l atrofida dam olish uchun mo‘ljallangan pansionatlar bor. Dam oluvchilar u yerda juda ko‘p axlatlarni qoldiradilar. Shamol esa uni ko‘l bo‘ylab sochib yuboradi, uni Favqulodda vaziyatlar vazirligining g‘avvoslari doimiy ravishda tozalaydi.
Ko‘ldan 40 kilometr uzunlikdagi baliq to‘rlari topildi
Birgina joriy yilning o‘zida Issiqko‘l tubidan qariyb 6 tonna turli chiqindilar, 40 kilometr uzunlikdagi baliq to‘rlari yig‘ildi. Biroq, ko‘lda tijorat baliq ovlash taqiqlangan.
Shunga o‘xshash ishlar doimiy ravishda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Issiqko‘l viloyatida poliyetilen paketlardan foydalanish to‘xtatildi.



