$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi vaqtinchalik ishsizlar uchun ham nafaqa toʻlanadi

ishsizlik

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqildi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun loyihasi maqsadi

Qayd etilishicha, mazkur qonun loyihasining maqsadi davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimi, uni tashkil etish hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻlovlarini toʻlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Qonun loyihasi bilan davlat ijtimoiy sugʻurta boʻyicha toʻlanadigan “kasallik” (ishchilarning betobligi sababli mehnatga layoqatsizligi davri uchun), “dekret” (ayollarning tugʻruqqacha va tugʻruqdan keyingi davri uchun) va “ishdan boʻshatish nafaqasi” (fuqarolarning vaqtincha ishsizligi davrida) tartiblandi.

Shuningdek, qonun loyihasida Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan aholini sugʻurtalash tizimi joriy etilishi belgilanmoqda.

Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanadi

Ma'lum boʻlishicha, inson hayoti va faoliyati davomida vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotganida (oʻzi yoki farzandi kasal boʻlganida, qisqa davolanishda, tugʻruq davrida) yoki ishsiz qolganida ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanadi.

Loyiha 3 bosqichda amalga oshiriladi

Qonun loyihasi bilan mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshirilishi belgilanmoqda. Xususan, birinchi bosqichda 2025-yil 1-iyuldan boshlab barcha sugʻurtalangan ayollarga, ularning bandlik va mehnat faoliyati turi, sugʻurtalash manbasidan qat'iy nazar, homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlab beriladi.

Ikkinchi bosqichda esa 2026-yil 1-yanvardan barcha sugʻurtalangan jismoniy shaxslarga, ularning bandlik va mehnat faoliyati turi, sugʻurtalash manbasidan qat'iy nazar, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi toʻlab beriladi. Keyin esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan sugʻurtalangan shaxslarga ishsizlik nafaqasi va boshqa turdagi toʻlovlar joriy etiladi.

Birinchi oʻqishda qabul qilingan qonun loyihasi

Deputatlarning ta'kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi faoliyat turidan qat'iy nazar ishlayotgan xodimlarga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi, homiladorlik va tugʻish nafaqasi hamda ishdan boʻshatish nafaqasini toʻliq toʻlanishiga, ijtimoiy faol aholining kambagʻal oilalar toifasiga tushib qolishining oldini olishga xizmat qiladi.

Muhokamalarda qonun loyihasini yanada takomillashtirish, pishiq-puxta holatga keltirish boʻyicha qator takliflarni ilgari surildi. Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Теги :
Jamiyat