O‘zbekstonda 876 ming nafar ishsiz bor
Raqamlarga ko‘ra, yil boshidan buyon ishsizlar soni sezilarli darajada kamaygan.
1 daqiqa o‘qiladi

Mehnat vazirligi mamlakatdagi bandlik haqidagi qiziqarli raqamlar bilan o‘rtoqlashdi.
876 ming nafar ishsiz
Unga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 876 ming nafar ishsiz bor – bu yil boshiga nisbatan 148 ming kishiga kam. Yil boshida mamlakatda ishzilar soni 1 millionga yaqin edi.
2024-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, mamlakat aholisi soni 37,3 million kishiga yetgan, ulardan 15 millioni (41 foizi) iqtisodiy faol aholi, ya’ni mehnatga layoqati aholidir.
Eng ko‘p ishchi rasmiy sektorda
Shu 15 million kishining 14,2 million nafari (94 foizi) iqtisodiyotning turli tarmoqlarida band. Raqamlar quyidagicha taqsimlanmoqda:
▪️ rasmiy sektor – 6,8 mln. (48 foiz);
▪️ norasmiy sektor – 5,5 mln. (38,8 foiz);
▪️ xorijda ishlayotganlar – 1,9 mln. (13,6 foiz).
Ushbu ma’lumotlar mehnat bozoridagi mavjud vaziyatni tushunish imkonini beradi va mamlakatning iqtisodiy faol aholisining deyarli 39 foizini qamrab olgan norasmiy sektorning ahamiyatini ko'rsatadi.



