O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif etilmoqda
Oylik maosh 2400 yevrodan boshlanadi.
1 daqiqa o‘qiladi

Bandlik vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif etilmoqda.
25 mln so‘mdan boshlanadigan ish
Fuqarolar mamlakatda elektrik va payvandchilik bo‘yicha ishlarda ishlashlari mumkin. Oylik maosh 2400 yevrodan boshlanadi.
Ish haftasiga 40 soat (5/2)ni, sinov muddati esa 6 oyni tashkil etadi.
Talablar
Nomzodlar 18−40 yosh oralig‘ida, kollej, texnikum yoki OTM diplomi, kamida 1 yillik ish stajiga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, nemis tilini B1 darajada bilish ham talab etiladi.
Sinov muddatidan so‘ng oilasini ham olib ketish mumkin
Qabul qilinganlarga chipta xarajatlari qoplab beriladi. Sinov muddati o‘tgandan keyin oila a’zolarni ham olib ketish mumkin bo‘ladi. Ishchilar bilan uzoq yillik mehnat shartnomasi tuziladi.
Nomzodlar quyidagi havolalar orqali har bir soha uchun alohida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin:
- elektrik;
- payvandchi.



