$
 12965.34
-14.82
 14525.07
-81.5
 161.34
-0.29
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Ishga kirish uchun to‘lash kerakmi yoki to‘lash uchun ishlash?

positive

Ish o‘rinlarini pullamoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi.

“RayONO”ga boshliq bo‘lish 55 000 dollar

Ko‘kdala tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori X.I. (ayol) 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U firibgarlik va pora berishda ayblangan.

U Qarshi tumanidagi 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlovchi shaxs ishonchiga kirib, ta’lim sohasida yuqori lavozimda ishlovchi tanishi orqali uni Yakkabog‘ tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yish haqida yolg‘on va’dalar bergan. X.I. buning evaziga 55 ming AQSh dollari berishini talab qilgan. 

Shuningdek, direktor o‘rinbosariga “Best Publication” ilmiy tadqiqotlar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazining “Eng yaxshi xizmatlari uchun” esdalik nishoni olib berish evaziga uning 4 mln. so‘m pulini qo‘lga kiritgan.

U 2024 yil 11 fevral kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Sayyor” kafesida direktor o‘rinbosaridan “RayONO” mudirligi uchun kelishilgan 55 ming dollardan 30 ming dollarini qo‘lga kiritgan vaqtida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

O‘qituvchilik 1000 dollar

Navoiy shahridagi Bahor mahallasi raisi I.Z. (erkak) esa tanishidan uni hokimlikdagi tanishi orqali shahardagi maktablardan biriga o‘qituvchilikka ishga kirgizib qo‘yish uchun 1000 dollar so‘ragan. Rais kelishilgan puldan 5,6 mln. so‘mini olgan vaqtida tezkor tadbirda qo‘lga olingan.

I.Z. sudda aybiga iqror bo‘lib, pul sog‘ligi yomonlashgani uchun dori-darmon olishga kerak bo‘lganini, uni shu maqsadda olganini bildirgan hamda qilmishidan pushaymonligini aytib, suddan yengillik so‘ragan.

Sud hukmi bilan I.Z. Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 2 yil 1 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. 

Shifokorlik 1000 dollardan 1600 dollargacha

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buloqboshi tumani tibbiyot birlashmasi statisti B.X. fuqaro T.Z.ni Marhamat tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga hamda fuqaro T.Yu.ni viloyat tibbiyot muassasalaridan biriga ishga kiritib qo‘yishi evaziga har biri uchun 800 AQSH dollaridan jami 1 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yana bir holatda Departamentning Xiva shahar bo‘limi DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Ya. fuqaro N.Yu.ning qarindoshi M.I.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 1 500 AQSH dollari evaziga "Bekobod" qishloq vrachlik punktiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, oldindan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Obodonlashtirish boshqarmasida ish 150 dollar

Departamentning Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman obodonlashtirish boshqarmasi haydovchisi S.S. fuqaro D.A.ning ishonchiga kirib, uni boshqarma boshlig‘i F.A. orqali ishga kiritib qo‘yishi evaziga 150 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Xalqqa qilganing o‘zingga ham qaytadi

Bugungi kunda ish o‘rinlarining bu shaklda sotilishi shunchaki oddiy holatga ham aylanib ulgurgan. Ammo buning og‘ir natijalari yuzaga chiqishi aniq.

Eng yomoni, o‘quvchilarga ta‘lim beradigan ustozlar o‘rniga "soqqa" bilan ishga joylashgan kadrlar, tibbiyot muassasalariga tanishlari orqali kelgan shifokorlar aholiga xizmat ko‘rsatishidir.

Tez tibbiy yordam xodimini chaqirsangiz, lekin u sizga qanday yordam berishni ham bilmasa, bundan achinarliroq holat yo'q aslida.

Aynan ish o‘rinlarini pullamoqchi bo‘layotganlarning farzandlari ham o‘zlari ishga joylab qo‘ygan o‘qituvchilardan sifatsiz ta'limni olishlari aniq.

Теги :
Jamiyat