$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

O'zbekistonda endi kredit olish ham qiyinlashadi

Марказий банк Markaziy bank

Markaziy bank raisi joriy yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston banklari uchun aholiga kredit berish bo‘yicha talablarni kuchaytirishga oid qarorni imzolagan. Bu aholi uchun foyidami yoki zarar?

Endilikda bankdan kredit olish yanada qiyinlashtirilishi kutilmoqda. Ma'lum bo'lishicha, Markaziy bank raisi joriy yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston banklari uchun aholiga kredit berish bo‘yicha talablarni kuchaytirishga oid qarorni imzolagan.

Qarz yuki ko‘rsatkichi

Unga ko‘ra, endilikda qarz yuki ko‘rsatkichi joriy etilib, u o‘rtacha kredit to‘lovlarining qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati orqali hisoblanadi. Ya’ni, qarz yuki ko‘rsatkichi — bu qarz oluvchi o‘rtacha oylik daromadining soliqlar chegirib tashlangandan keyin barcha kreditlari va qarzlari bo‘yicha shartnoma to‘lovlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ulushi hisoblanadi. 

Differensial usul

Jismoniy shaxslarning qarz yuki ko‘rsatkichi 1-iyuldan boshlab quyidagicha bo‘lishi lozim: 2024-yil 1-iyuldan 2025-yil 1-yanvarga qadar – 60 foizdan; 2025-yil 1-yanvardan boshlab – 50 foizdan oshmasligi kerak. Ipoteka kabi uzoq muddatli kreditlarni ko‘pchilik foydaliroq bo‘lgani uchun differensial usulda to‘laydi. Bunda oylik to‘lovlar kreditning dastlabki muddatlarida ko‘proq bo‘ladi va qarz oluvchining qarz yukiga ta’sir qiladi.

Yangi imkoniyatlar

Shuningdek, past qarz yuki qiymati qarz oluvchining daromadlari va xarajatlari balansi mavjud kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashga imkon berishini ko‘rsatadi. Yuqori daraja esa ortiqcha qarzni bildiradi, ya’ni qarz oluvchi har oy daromadining asosiy qismini qarzni to‘lashga sarflashga majbur bo‘ladi. 

Qaror maqsadi

Avvalroq Prezident raisligidagi selektor majlisida O‘zbekistonda 2023-yil oxiriga kelib 16,6 trln so‘m muammoli, ya’ni to‘lanmayotgan kreditlar bor ekanligi hamda ularning ma’lum bir qismi aholiga ham tegishliligi aytilgandi. Tabbiyki, oddiy aholining ayrim qatlami qarz olishdan avval risklarni to‘liq inobatga olmaydi. Yangi qonunga ko'ra, qarz yuki ko‘rsatkichining 60 foiz, keyinchalik esa 50 foiz qilib belgilanishi aholiga o‘z imkoniyati darajasida qarz olishni ta’minlaydi va risklarni kamaytiradi.