Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +20° kechasi +9°

O‘zbekistonning iqtisodiy ahvoli qanday?

Iqtisodiy holat bo‘yicha statistika agentligining ma‘lumotlari e'lon qilindi.

2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning iqtisodiy ahvoli qanday?

Iqtisodiy ahvol raqamlarda

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish sur’ati – 106,4 %, sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 107,8 %, qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati – 110,1 %ni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning mos davrida, yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish sur’ati – 105,6 %, sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 105,6 %, qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati – 104,8 %ni tashkil etagan.

Qolgan sohalar:

4. yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish sur’ati – 106,4 %

5. sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 107,8 %

6. qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati – 110,1 %

7. chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’ati – 108,4 % 

 8. bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati – 112,9 % 

9. qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’ati – 103,8 %

10. tashqi savdo aylanmasi o‘sish sur’ati – 108,5 % 

11. eksportning o‘sish sur’ati – 105,5 % 

12. importning o‘sish sur’ati – 110,6 %

13. faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 455 609 ta

14. transportda yuk tashishning o‘sish sur’ati – 104 % 

15. transportda yo‘lovchi tashishning o‘sish sur’ati – 105,3 % 

16. aholining real umumiy daromadlari o‘sish sur’ati – 108,6 %

17. doimiy aholi soni (2024-yil 1-iyul holatiga) – 37,1 mln kishini tashkil etgan.