$
 12160.99
-72.68
 14178.50
-55.38
 153.92
-0.92
weather
+26
Кечаси   +14°

Inklyuziv va raqamli turizmni yangi bosqichga olib chiqqan yosh innovator

r1

So‘nggi yillarda O‘zbekiston turizm sohasi raqamlashtirish, inklyuzivlik va barqaror rivojlanish yo‘lida katta qadam tashladi. Bu jarayonlarning eng faol ishtirokchilaridan biri — Feruz Karimov, InSayr startapi loyiha menejeri, yosh tadqiqotchi va ilmiy ishlari bilan amaliy natijalarga erishgan mutaxassis.

Feruz Karimov va asoschilar jamoasi yaratgan dasturlardan biri (Insayr MChJ) 2024 yilda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “President Tech Award” tanlovida muvaffaqiyat qozondi. Ushbu tanlov O‘zbekistondagi eng raqobatli va murakkab startap musobaqalaridan biri hisoblanadi. Startap ijtimoiy sohada innovatsion yechim ishlab chiqib, uchinchi o‘rinni egalladi va 30 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofot bilan taqdirlandi.

 Inklyuziv turizmni rivojlantirish loyihasi

Feruz Karimov inklyuziv turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyihada faol ishtirok etdi. Mazkur loyiha natijalari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanib, bir necha hududlarga, jumladan Toshkent va Xorazm viloyatlariga ham joriy etildi.

Loyiha doirasida inklyuziv turizmni rivojlantirishga xizmat qiladigan raqamli platforma va mobil ilova ishlab chiqildi. Ushbu platforma imkoniyati cheklangan shaxslar uchun turizm infratuzilmasini yaxshilash, ularning sayohat imkoniyatlarini kengaytirish hamda turizm tashkilotlari uchun amaliy yo‘riqnoma sifatida xizmat qilishi reja qilingan.

Bugun ushbu platforma, mobil ilova va metodik qo‘llanma Toshkent viloyati hamda Xorazm viloyatining madaniy yo‘nalishlarida yanada qulay, xavfsiz va to‘siqsiz sayyohlik muhitini yaratishda faol qo‘llanilmoqda.

Ilmiy yondashuv va xalqaro e’tirof

Feruz Karimovning ilmiy maqolalari xalqaro jurnallarda e’tirof etilgan.

Xususan, 2023 yilda u “Digital Platforms and Smart Tourism Ecosystems: Opportunities and Challenges” nomli maqolasini World Economics & Finance Bulletin jurnalida chop ettirib, turizmda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va aqlli turizm ekotizimlarini chuqur tahlil qildi.

Uning 2024 yilda Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development jurnalida chop etilgan “Transforming Visitor Experiences in Uzbekistan’s Cultural Tourism through Virtual and Augmented Reality” nomli maqolasi VR va AR texnologiyalarining O‘zbekiston madaniy turizmida qo‘llanilishini keng yoritdi.

 Mahalliy turizm va ijtimoiy rivojlanish

Karimov o‘z ilmiy ishlari orqali qishloq joylarda turizm startaplarini rivojlantirish, xususan Xorazm viloyatining ekologik, agrar va hunarmandchilik salohiyatini ochib berishga ham e’tibor qaratadi.

Uning 2024-yilda yozilgan “Tourism Startups as Drivers of Rural Development: Comparative Insights and Opportunities for Uzbekistan” nomli tadqiqoti qishloq turizmi startaplari orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, ayollar va yoshlar tadbirkorligini kengaytirish hamda hududiy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash yo‘nalishlarini tahlil qilgan.

Kelajak sari

Feruz Karimov nafaqat nazariyaga, balki jamiyatda real o‘zgarishlar qilishga e’tibor qiladi. U o‘z ishida raqamli texnologiyalarni inson qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirib, turizmni har bir kishi uchun ochiq, xavfsiz va qulay soha sifatida rivojlantirishni maqsad qilgan.

Feruz Karimovning faoliyati O‘zbekiston turizm sohasiga kiritilgan asl va innovatsion hissa sifatida e’tirof etilmoqda. U ilgari amaliyotda mavjud bo‘lmagan inklyuziv turizm raqamli infratuzilmasini yaratishga bevosita hissa qo‘shdi.

Bugungi kunda u Amerika Qo‘shma Shtatlaridan turib ham O‘zbekiston turizm sohasiga masofadan ilmiy va innovatsion hissa qo‘shmoqda. Uning tadqiqotlari — turizmda sun’iy intellekt, virtual reallik va raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ishlanmalar — nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham o‘z samarasini bermoqda.

Shu bois, Feruz Karimovning faoliyati O‘zbekiston turizm sohasini zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirish, uni xalqaro tajribaga yaqinlashtirish va barchaga teng imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim va o‘ziga xos hissa sifatida e’tirof etilmoqda.