$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilga nisbatan 18,6%ga oshdi

indeks

2025-yil yanvar oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 1084 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 8,4%ga, o‘tgan yilning shu davriga qaraganda esa 18,6%ga oshdi. Hududlar bo‘yicha eng katta o‘sish Surxondaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kuzatildi.

Hududlar bo‘yicha ishbilarmonlik faolligi indeksi  

Yanvar oyida 11 ta hududda ishbilarmonlik faolligi indeksining o‘sishi kuzatilib, eng yuqori ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida qayd etildi – 31,9%. Shuningdek, Jizzax (31,0%), Xorazm (30,9%), Samarqand (29,9%) va Qashqadaryo (28,2%) viloyatlarida ham sezilarli o‘sish kuzatildi. Biroq, ayrim hududlarda indeks pasaygan bo‘lib, Namangan viloyatida 4,7%, Navoiy viloyatida 3,7% va Andijon viloyatida 3,4%ga qisqargan.  

Bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar 

Yanvar oyida bank orqali amalga oshirilgan to‘lov operatsiyalari soni 5,68 milliontani tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 10,9%ga kamaydi. Respublikaning barcha hududlarida bank operatsiyalarining qisqarishi kuzatilgan bo‘lib, eng katta pasayish Qashqadaryo viloyatida (33,4%) qayd etildi. Shuningdek, Samarqand (29,0%), Namangan (23,8%), Surxondaryo (23,7%) va Sirdaryo (23,2%) viloyatlarida ham sezilarli darajada qisqarish kuzatildi. 

 Tovar-xomashyo birjasidagi faollik 

Yanvar oyida Ishbilarmonlik Faolligi Indeksining birja komponenti sezilarli darajada o‘sib, 1,3334 birlikni tashkil etdi. Bu o‘tgan oyga nisbatan 33,3%ga o‘sishni anglatadi. Bunday o‘sish, asosan, tuzilgan bitimlar sonining 62,8%ga oshgani hamda har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 3,8%ga ko‘paygani bilan izohlanadi. Shu bilan birga, respublika bo‘ylab tovar-xomashyo birjasidagi umumiy savdo aylanmasi 6 174,0 milliard so‘mni tashkil etdi. Biroq ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 1,7%ga pasaygan. 

 Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faolligi 

2025-yil yanvar oyida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni 1,1%ga oshib, jami 459 104 taga yetdi. Bu o‘tgan oyga nisbatan 5 559 taga ko‘p demakdir. O‘sish, asosan, kichik korxonalar sonining 5 512 taga ko‘paygani, yirik tadbirkorlik subyektlarining 35 taga ortgani hamda fermer xo‘jaliklari sonining 12 taga oshgani bilan bog‘liq. 

Brendlarni ro‘yxatga olish 

Savdo belgilari va brendlarni ro‘yxatga olish faolligi pasaydi. Yanvar oyida ushbu ko‘rsatkich 45%ga qisqarib, 0,5504 birlikni tashkil etdi. Shu bilan birga, huquqiy shaxslar tomonidan 284 ta yangi brend va savdo belgisi ro‘yxatga olingan.

Теги :
Iqtisodiyot