$
 11969.66
-32.05
 13927.90
-56.49
 152.56
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston farvonlik indeksida Markaziy Osiyoda ikkinchi o‘rinni egalladi, dunyoda esa 86-o'rin

Indeks Foto: Gazeta.uz

2024-yilda Kanadaning HelloSafe tahliliy-moliyaviy platformasi maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻiston dunyoning eng gullab-yashnagan 50 ta mamlakati qatoriga kirdi.

6 ta indikator

Jahon farovonlik indeksi Jahon banki va BMT maʼlumotlari asosida oltita asosiy indikator boʻyicha hisoblangan:

·      aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot,

·      aholi jon boshiga yalpi milliy daromad,

·      milliy jamgʻarmalar darajasi,

·      inson rivojlanishi indeksi,

·      Jini koeffitsiyenti (jamiyatda daromadlar taqsimotining notekisligi koʻrsatkichi),

·      kambagʻallik darajasi

Qozog‘iston Rossiya va Xitoyni ortda qoldirgan

Natijada Qozogʻiston 47,36 indeks bilan oʻrtacha farovonlik darajasiga ega davlatlar qatoriga kirib, Rossiya, Belarus, Xitoy, Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlarini ortda qoldirdi.

O‘zbekiston 86-o‘rinda

Reytingda Oʻzbekiston 86-oʻrinni, Turkmaniston 103-oʻrinni, Tojikiston 104-oʻrinni, Qirgʻiziston 114-oʻrinni va Afgʻoniston 177-oʻrinni egalladi. Mamlakatimiz mazkur indeksda 35,33 ball to‘plagan.

Eng yuqori va eng quyida qaysi mamlakatlar turibdi?

Reytingda Lyuksemburg (farovonlik indeksi — 86,2), Norvegiya, Irlandiya, Shveysariya va Qatar yetakchilik qilmoqda.

Eng kambagʻal davlatlar sifatida Mozambik (farovonlik indeksi — 10,88), Markaziy Afrika Respublikasi va Madagaskar tanlangan.

Теги :
Jamiyat