$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Mana nega kasalliklardan tez tuzalmaymiz…

иммун

Sizni kasallik va viruslardan himoya qiluvchi, zararli ta’sirni organizmdan tezroq chiqib ketishini ta’minlovchi narsa bu — immunitetingizdir.

Bugungi kunda sizning immunitetingizni oshirishga va’da beradigan tabletkalar, ichimliklar va “super” ozuqaviy vositalarning reklamalari-yu, sovuq suvda cho‘milish immunitetni oshirishi haqidagi gaplarni juda ko‘p uchratasiz. Bu qanchalik to‘g‘ri va immunitetingizni aslida nima tushirib yuboradi?!

Immunitet o‘zi nima?

Immunitet yaxlit bir tizim bo‘lib, tanadagi hujayralar va oqsillar o‘rtasidagi hamkorlik sizni kasalliklardan himoya qiladi, mikroblarga qarshi kurashadi. Immunitet tizimi ta’sirlarga qarab o‘zgarib boradi, hayot davomida bakteriyalar, viruslar ta’sir qilganida o‘zgaradi hamda vaksinalar orqali ta’sir o‘tkazish bilan mikroblarni tanib olish shakllantiriladi.

Immunitetingiz kuchli yoki kuchsiz ekanligini qanday bilib olish mumkin?

Aslida immunitet tizimini tekshiradigan aynan bir test yo‘q. Ko‘pchilik buni infeksiyani yuqtirganidan keyin, uni yengish qiyin bo‘lganida tushunib yetishi mumkin.

Bundan tashqari, immunitet yoshga ham bog‘liq bo‘ladi. Birinchi marta infeksiyaga duchor bo‘lgan yosh bolalar kattalarga qaraganda ko‘proq simptomatik bo‘lishadi. Keksa odamlar esa immun tizimi yoshlikdagi kabi kasallikka qarshi tura olmasligini sezishi tabiiy.

Immunitetni tushirib yuboruvchi 5 holat

1. Spirtli ichimliklar:

Alkogol immunitet tizimiga katta zarar yetkazuvchilarning ham boshida turadi. Ko‘p spirtli ichimlik iste’mol qilish tanani zaiflashtiradi va stress, viruslar hamda kasalliklarga chidamsiz qilib qo‘yadi. Undan iloji boricha tiyilish tavsiya etiladi.

2. Chekish:

Chekish sizning immun tizimingiz va o‘pkangizga halokatli zarar yetkazadi. Diyetologlar ko‘pincha chekuvchilarga C vitaminini iste’mol qilishni ko‘paytirishni tavsiya qilishadi. Buning sababi, chekuvchi odamlarning tanasi chekishning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha antioksidantlarni talab qiladi.

3. Qayta ishlangan va tez tayyor bo‘luvchi ovqat mahsulotlari:

Yuqori darajada qayta ishlangan oziq-ovqatlarga chipslar, ba’zi pechenye va sho‘rva uchun tayyorlab qadoqlangan go‘shtlari kiradi. Bundan tashqari, tez tayyor bo‘ladigan ovqatlar immunitet uchun zararli. Chunki siz ushbu ovqatlarni har kuni iste’mol qilsangiz, meva, sabzavot va vitaminga boy, to‘yimliroq oziq-ovqatlarga ko‘p joy qolmaydi. Ulardagi vitaminlarni yetarlicha qabul qilmaslik esa yomon oqibatlarga olib keladi.

4. Stress:

Stress tanada kuchli charchoq, uyqusizlik va kasalliklar rivojlanishi uchun qulay sharoitni yuzaga keltiradi va bu sizning immunitet tizimingizga salbiy ta’sir qiladi. Stressni kamaytirish uchun qo‘lingizdan kelganini qilishga harakat qiling. Bu degani, qizishib ketganingizda shunchaki tashqariga chiqib, sayr qilib, bir necha chuqur nafas olishni anglatishi mumkin. Umuman olganda, ko‘proq mashq qilish qondagi qand miqdori, stress va umumiy salomatligimiz uchun ham foydalidir.

5. Kam uxlash:

Garchi uyqu bandlik bilan to‘lib toshgan hayotimizda past o‘ringa tushib qolgan bo‘lsa ham, u bizning sog‘lig‘imizga va viruslar va kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Keksa yoki yosh bo‘lishingiz muhim emas, yaxshi uxlash doim muhim. Biz uxlayotganimizda, bizning biologik kuchlarimiz qayta tiklanadi. O‘sha paytda bizning tanamiz juda ko‘p “ta’mirlash” va yangilanishlardan o‘tadi.