$
 12697.00
2.04
 13547.70
38.99
 135.05
0.39
weather
+26
Кечаси   +14°

Ilm-fan, kadrlar, texnologiyalar: UzAuto 1 yildan kam boʻlgan muddatda zamonaviy quyuv zavodini ishga tushirdi

“UzAuto Motors” Монополияга қарши курашиш қўмитаси талабидан бош тортяпти

“Oʻzavtosanoat” AJ rekord darajadagi muddat yaʼni 10 oy ichida qurilib, foydalanishga topshirilgan mazkur quyuv zavodining umumiy maydoni 9,1 gektar boʻlib, shundan, ishlab chiqarish hududi 27,1 ming m² ni tashkil etadi. Qurilish uchun ajratilgan tekis yer uchastkasi oʻrnida qisqa fursat ichida 18 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega hamda bir vaqtning oʻzida 12 tonna metalni eritishda yuqori samara beruvchi agregatlar bilan taʼminlangan zamonaviy zavod qad rostladi.

Zamonaviy asbob-uskunalar, malakali mutaxassislar hamda metalni toʻliq siklda qayta ishlash. Ayni tamoyillar xomashyoni qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotga aylantirish hajmini 8-10 barobarga oshirish imkoniyatini beradi. Masalan, tonnasi 370 dollar boʻlgan xomashyo quyuv hamda qayta ishlash jarayonida 3700 dollargacha boʻlgan mahsulotga aylanadi.Xom ashyoni yuqori qo'shimcha qiymatga ega qismlarga qayta ishlash sikli

Korxonada yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarning yangi turlarini oʻzlashtirish maqsadida, metalni qayta ishlashda muhim boʻlgan barcha bosqichlar jumladan, eritish, quyish, qoliplash va yuqori aniqlikdagi mexanik ishlov berish jarayonida zaruriy boʻlgan ilgʻor, soʻnggi rusumdagi texnika hamda texnologiyalar jalb etildi. Buning uchun zavodda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Turkiya, Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlardan keltirilgan uskunalar bilan jihozlangan toʻrtta sex tashkil etildi.

Metalni eritish sexi

Metal eritish sexi soatiga 12 tonna suyuq metal eritish imkoniyatiga ega 4ta induksion pechni oʻz ichiga olgan 2 ta eritish tizimi bilan jihozlangan. Ushbu sexda qoʻllaniladigan yuqori samarali Power SHaring metal eritish tizimi, energiya sarfini kam sarflovchi eritish pechlari hisobiga (488 kVt*soat/t) 20%gacha tejash imkonini beradi.

Qumdan qolip ishlab chiqarish sexi

Ishlab chiqarish jarayoni 1,2 mln donagacha qolip ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan mayda va 2 tonnagacha ogʻirlikdagi yirik hajmli detallar quyish uchu moʻljallangan Qumdan qolip ishlab chiqarish sexini oʻz ichiga oladi. Sex qumni termik usulda qayta tiklash uskunasi bilan jihozlangan boʻlib, u nafaqat harajatlarni balki, yiliga 3000 tonnagacha quyma qumni qayta ishlash orqali atrof-muhitga taʼsirini kamayatiradi. Oʻrnatilgan avtomatik qoliplash liniyasi bugungi kunda mazkur yoʻnalish MDHda eng tezkor ishlovchi liniya sanaladi.

Birlamchi qayta ishlash va boʻyash sexi

Sexning zamonaviy uskunalar bilan jihozlangani avtomobilsozlik sanoati uchun 15 ming tonna, qishloq xoʻjaligi sanoati uchun 5 600 tonna quymani qayta ishlash imkoniyatini beradi. Ikkita boʻyash liniyasi yiliga 2,2 mln dona detal boʻyashni amalga oshiradi.

Mexanik ishlov berish sexi

Mexanik ishlov berish sexi 98% avtomatlashtirilgan boʻlib 4 dona robotlashtirlgan yacheyka hamda Germaniya, Koreya va Tayvanda ishlab chiqarilgan 15 ta ishlov berish markazlari bilan taʼminlangan. Sex avtomobillar uchun 2,0 mln dona detal hamda 4 ming dona traktor transmissiyalari jamlanmasini ishlov berish quvvatiga ega.

Ekologik ahamiyati

Korxonaning ahamiyatli jihatlaridan biri shuki, ishlab chiqarish jarayonida ekologiya muhofazasiga eʼtibor qaratilgan. Xususan, bu yerda mavjud filtrlash tizimi atmosferaga chiqishi mumkin boʻlgan chiqindilar miqdorini ( 5mg/m 3) Oʻzbekistonda belgilangan meʼyordan toʻrt barobarga kamaytirish imkonini beradi.

Shuningdek, qoliplarni ishlab chiqarish jarayonida qoliplarni hosil qilishda qoʻllaniladigan qumni tozalash va qayta ishlash, aralashmalarni yoqish, qolaversa ulardan keyingi ishlab chiqarishda foydalanish usullari ham qoʻllaniladi.

Bundan tashqari, “Kova” zavodida mahsulot ishlab chiqarishda avtomobilsozlik va qishloq xoʻjaligi sohalariga ixtisoslashgan korxonalardan chiqayotgan poʻlat chiqindilardan ham foydalaniladi hamda kelajakda oʻrnatilishi rejalashtirilgan 1,6 MVt quvvatga ega 20 ming m2lik quyosh panellari zavod ehtiyojlarini birinchi bisqichda 30 foizgacha, keingi bosqichlarda esa 100 foizgacha qoplaydi. Ushbu texnologiyalar ekologiya hamda atrof-muhit muhofazasi uchun salbiy taʼsir etuvchi omillarni bartaraf etishda samarali yordam beradi.

Boshqa sohalar bilan hamkorlik

Oʻzbekiston sanoat tarmoqlari yiliga 102 ming tonnadan ortiq quyma qismlarga ehtiyoj sezmoqda. Yangi zavod orqali iqtisodiyotning muhim yoʻnalishlari yaʼni qurilish, neft va gaz qazib olish, suv taʼminoti, transport sanoati va boshqa sohalar uchun zaruriy boʻlgan quyma temir mahsulotlari importini qisqartirish imkoniyati ortadi.

Taʼkidlash joiz, mazkur korxonada tashkil etilgan oʻziga hos ishlab chiqarish jarayoni nafaqat Oʻzbekiston balki, MDH davlatlarida mavjud sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga xizmat qiladi. “Kova Foundry” ehtiyot qismlarni mahalliylashtirishni yoʻlga qoʻygan MDH hududidagi eng birinchi zavod hisoblanib, korxona ayni paytda qoʻshni xorijiy davlatlardan ham mahsulotlar uchun buyurtmalar qabul qilishni boshlab yuborgan.

Mutaxassislar va ilm-fan

Bunday mukammal va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish quvvatini yaratish barobarida uni loyihalash, qurish va nosozliklarni bartaraf etish maqsadida Buyuk Britaniya, Turkiya, AQSH va boshqa davlatlardan malakali mutaxassislar jalb etildi. Bundan tashqari, 83 nafar mutaxassis Turkiya va Xitoyda zamonaviy uskunalardan foydalanish boʻyicha oʻz tajribalarini oshirib qaytdilar. Keyinchalik 100 nafardan ziyod mutaxassislarni Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda bilim va koʻnikmalarini oshirishlari koʻzda tutilgan. Qolaversa, Malaka oshirish dasturi, Turin politexnika universiteti negizida UzAuto sanoatida joriy etilgan dual taʼlim tizimi boʻyicha oʻquv dasturida ishtirok etishni ham oʻz ichiga oladi.

Shuningdek, korxona negizida metallarning kimyoviy tarkibi va fizik xossalarini oʻrganish kabi 26 turdagi sinovlarni oʻtkazishga moʻljallangan ilgʻor uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya tashkil etilgan.


Yangi korxonaning asosiy vazifalaridan yana biri tashqi bozorda xaridorgir, import oʻrnini bosuvchi yuqori qoʻshilgan qiymatli avtomobilsozlik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdir. Mahalliy xomashyoga asoslangan yuqori texnologiyali mahsulotlarning mahalliylik darajasini yanada takomillashtirish esa ustuvor vazifalardan sanaladi.

“Bozor talablari shundan iboratki, ishlab chiqarish - minimal darajadagi xarajat narxi bilan samarali tarzda boʻlishi kerak. Aynan shuning uchun biz zavodni eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlaganmiz. Bu yerda chizmalarni tayyorlash, naqshli uskunalarni yoʻlga qoʻyishdan tortib, mahsulotlarni ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etishgacha boʻlgan toʻliq texnologik tsikl bosqichma-bosqich tashkil etiladi. – dedi ”Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov.Avvallari quyuv yoʻli bilan ishlab chiqariladigan butlovchi qismlar uchun buyurtmalarni asosan chet davlatlariga berar edik. Ushbu masala yuzasidan ekspertlar bilan muhokama qilish natijasida ayon boʻldiki, Oʻzbekistonning oʻz quyuv korxonalariga ega boʻlishi uchun ham ilmiy ham texnologik jihatdan salohiyati yetarli. Quyuv zavodining ishga tushirilishi natijasida qaysi soha boʻlmasin nafaqat xorijiy buyurtmalarni qabul qilishi, balki mamlaktlararo hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan holda eksportni yoʻlga qoyishi mumkin.

Reklama huquqi asosida.