Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +18° kechasi +9°

Qozog‘iston kompaniyasi Humo to‘lov tizimini xususiylashtirishda ishtirok etmoqchiligini bildirdi

Kompaniyaning murojaati O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga jo‘natilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston kompaniyasi Humo to‘lov tizimini xususiylashtirishda ishtirok etmoqchiligini bildirdi

Qozog‘istonning Kaspi fintex kompaniyasi Humo to‘lov tizimining operatori bo‘lgan “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushining kimoshdi savdosida ishtirok etish istagini bildirdi.

Kompaniya Humo to‘lov tizimining biznes modelini takomillashtirmoqchi

Tegishli xat O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligining maslahatchisi sifatida faoliyat yurituvchi Deloitte xalqaro kompaniyasiga yuborilgan.

Forbes.kz nashrining kompaniya rahbari va hammuassisi Mixail Lomtadzega tayanib yozishicha, kompaniya Humo to‘lov tizimining joriy biznes modelini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

– Biz naqd pulsiz to‘lovlar o‘sishiga turtki beradigan va iqtisodiyot rivojlanishiga hissa qo‘shadigan to‘lov texnologiyalari hamda xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulkan tajribamizga tayanib, Humo to‘lov tizimining joriy biznes modelini ishlab chiqishni rejalashtirmoqdamiz, – deydi Mixail Lomtadze.

To‘lov xizmatlari mijozlar uchun yanada qulay bo‘lishi ko‘zda tutilgan

Shuningdek, u kompaniya O‘zbekistonda texnologiya va xodimlarga katta sarmoya kiritishni reja qilayotgani, bu esa to‘lov xizmatlarini barcha ishtirokchilar uchun yanada qulayroq qilishiga ishonishini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Humo – bu O‘zbekistonda va xorijda operatsiyalarni amalga oshirish uchun bank kartalariga asoslangan to‘lov tizimi bo‘lib, unda 27 million dona HumoCard muomalaga chiqarilgan, 6 400 ta bankomat va 210 mingdan ortiq terminallar mavjud.