$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda himoya orderi profilaktika inspektori tomonidan tashabbus tartibida beriladi

himoya

“Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini ta’minlash va monitoring olib borish toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

2 938 ta oilaviy jinoyatlar

Qayd etilishicha, 2023-yilda ma’muriy hamda jinoyat sudlarida nizolashayotgan 257 128 nafar oilalar doirasida jami 1 301 ta jinoyat sodir etilgan boʻlsa, 2024-yil davomida bu raqam 222 706 nafar nizoli oilalar doirasida 2 938 tani tashkil etdi.

Shuningdek, 2024-yilda esa 222 706 nafar nizoli oilalardan jami 5 815 nafariga himoya orderi rasmiylashtirilib berilgan, ya’ni nizoli oilalarning 2,6 foizigina oʻz xavfsizligini ta’minlash maqsadida order olishni lozim topgan.

Oila-turmush jinoyatlari soni oshganining sababi

Nizoli oilalarni oʻrganish jarayonida himoya orderi berish talab qilinadigan vaziyatlarda oilalar tomonidan himoya orderi olishdan bosh tortish holatlari natijasida oila-turmush jinoyatlari soni oshib borayotganligi kuzatilgan.

Shu bilan birga, joriy yil 6 oyi davomida jinoyatdan jabrlangan xotin-qizlar soni 4 734 nafarni tashkil etdi, shundan 385 tasi shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlar hisoblanadi.

Zoʻravonlik holatini nazorat qilishning samarali mexanizmi

“Bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq hamda zoʻravonlik holati boʻyicha murojaat qilinganda profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi tashabbus tartibida berilishi ayollarga nisbatan oiladagi zoʻravonlik holatlarining takrorlanishi oldini olish, jabrlanganlar himoyasi ta’minlanishiga yanada xizmat qiladi”, – deyiladi xabarda.

Bundan koʻzlangan maqsad – zoʻravonlik holatini nazorat qilishning yanada samarali mexanizmni yaratishdir.