Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +23° kechasi +9°

Energetika vazirligi HET Billing tizimidagi xatoliklar uchun uzr soʻradi

Vazirlik aslida haqdor bo‘lib, lekin qarzdor ko‘rinayotgan iste’molchilar bo‘yicha izoh berdi.

2 daqiqa o‘qiladi

Energetika vazirligi HET Billing tizimidagi xatoliklar uchun uzr soʻradi

O‘zbekistonda elektr energiyasi bo‘yicha ayrim isteʼmolchilarda aslida haqdor bo‘lsa-da, tizimda qarzdorlik ko‘rinishi holatlari uchramoqda. Energetika vazirligi holatga izoh berdi.

Haqdor boʻlsada qarzdor koʻringan

Qayd etilishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi ishga tushirilayotgan HET Billing tizimida texnik ishlar olib borilyapti. Shu bois ayrim isteʼmolchilarda, aslida, haqdor bo‘lsa-da, tizimda qarzdorlik ko‘rinishi holatlari uchramoqda.

Mazkur holatda isteʼmolchilar tarmoqdan ajratilmaydi. Texnik ishlar yakunlangach, ushbu muammo bartaraf etiladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” ham holatga izoh berdi

“Hududiy elektr tarmoqlari” ham holatga izoh berib, yangi HET Billing dasturiy kompleksi dasturi va boshqa tо‘lov tizimlari о‘rtasida ma’lumotlarni yangilash bо‘yicha ishlar olib borilayotgani sababli balans ma’lumotlarida xatoliklar kuzatilayotganini ma’lum qildi.

Tо‘lov tizimlari bilan olib borilayotgan texnik yangilanishlar tez fursatlarda о‘z yakuniga yetishini bildirdi.

"Holat yuzasidan qoʻshimcha axborot beriladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz", - deyiladi xabarda.

Har qanday energiya hisobini onlayn kuzatib turish mumkin

Eslatib oʻtamiz, avvalroq "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ da yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi to‘liq ishga tushirilganligini xabar qilgan edik. Ushbu yangilangan tizim orqali iste’molchilar bevosita o‘zi iste’mol qilgan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa har qanday ma’lumotni onlayn tarzda kuzatib borish imkoni yaratildi.