$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Ko‘rinarli statistika: O‘zbekistonda ko‘z saratoni ortib bormoqda

okulist

O‘zbekistonda har yili retinoblastoma bilan kasallanish holatlari ortib bormoqda. Bunga sabab ko‘p gadjetlardan foydalanish deya ko‘rsatilmoqda.

Televideniye va ijtimoiy tarmoqlar orqali bolalarga telefon bermaslik bot-bot takrorlansa-da, ota-onalar yosh bolalari injiqlik qilsa yoki yig‘lab turib olganda darrov ularni ovutish uchun telefonlarni qo‘liga tutkazib qo‘yishmoqda. To‘g‘ri bu bolalarni ovutishning oson va samarali yo‘li bo‘lishi mumkin. Lekin, afsuski shunday harakatlar sababli O‘zbekistonda yosh bolalar o‘rtasida ko‘z saratoni kasalligi kundan kunga ko‘payib bormoqda.

1 yilda 65 — 70 ta kasallanish holati

Xavfli o‘smalar ko‘zdan ayrishi va o‘lim holatiga ham olib kelishi mumkin. Bugungi kunda yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida ko‘z saratoni bilan kasallanish holatlari sezilarli darajada ko‘payib bormoqda. Hozirda O‘zbekistonda hududida 1 yilda o‘rtacha 65-70 nafar bolalarda birlamchi retinablastoma kasalligi aniqlanmoqda. Bu ko‘rsatkich qo‘shni davlatlarga ancha qaraganda ko‘p.

Retinablastoma nima?

Retinoblastoma dunyo bo‘ylab eng ko‘p uchraydigan ko‘z ichi o‘smasi bo‘lib, u yorug‘likni aniqlaydi va tasvirlarni uzatish orqali miya bilan aloqa qiladi. Ko‘pincha kichik yoshdagi bolalarda uchraydi.

Belgilari

Retinoblastomaning belgilari quyidagilardan iborat:

  • Ko‘zda og‘riq
  • Ko‘zning shishishi
  • Buzilgan ko‘rish
  • G‘ayrioddiy rangli dog‘lar

Kasallikni vaqtida aniqlab, to‘g‘ri tashxis qo‘yilmasa og‘ir oqibatlarga ham olib keladi. Kelib chiqish sabablari barchada turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo o‘z vaqtida qilingan prafilaktika kasallikning oldini oladi. Bugungi kunda atrofimiz radiatsiyaga to‘la ekan erta tashxis qo‘yish va yetarlicha davolanish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

Xo‘sh retinoblastomani davolashning qanday usullari bor?

Davo yo‘llari

Radioterapiya: Saraton hujayralarini o‘ldirish uchun rentgen nurlari va protonlar kabi yuqori quvvatli nurlardan foydalanish. Kimyoterapiya: kimyoviy moddalar va dorilarni inyeksiya yoki og‘iz orqali qo‘llash.

Jarrohlik: Agar saraton juda ko‘p tarqalgan va rivojlangan bo‘lsa yoki o‘simta juda katta bo‘lsa, jarrohlik amaliyoti bilan butun ko‘z olib tashlanadi.

Kriyoterapiya: kichik o‘smalarda saraton hujayralarini muzlatish va o‘ldirish uchun utra sovutgichli metall qurilmalardan foydalanish.

Ko‘p telefondan foydalanish yana bir qancha ko‘z kasalliklariga sabab bo‘ladi

Har bir gadjet o‘zida elektramagnit to‘lqinlar saqlaydi. Bu esa radiatson o‘zgarishlarga olib keladi va o‘shaning hisobiga ko‘z zararlanadi. Ko‘pchilik bemorlar ham aynan telefondan ko‘p foydalanganligi uchun shu kasallikka chalinmoqda. Shuningdek, ko‘p telefonlardan foydalanish yana bir qancha ko‘z kasalliklariga ham olib keladi. Bular: ko‘zni qurish sindromi, “yolg‘ondan minus”, ya’ni bola uzoqni yaxshi ko‘rolmaslikni boshlaydi. Bu bora-bora “rost minus” aniqrogʻi uzoqni yaxshi ko‘rmaslikka olib kelishi mumkin.