Havo ifloslanishi tufayli o‘lim darajasi besh barobarga ortishi mumkin
Bundan tashqari 2 100 yilga borib, yer yuzidagi aholining taxminan 20 foizi ekstremal harorat o‘zgarishlariga moslashishga majbur bo‘lishi mumkin.
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyadagi Maks Plank Kimyoviy ekologiya instituti (MPICE) olimlari iqlim o‘zgarishi va havo ifloslanishi XXI asr oxiriga borib o‘lim holatlarining sezilarli darajada ortishiga olib kelishini ma’lum qildi. Bu haqda institut rasmiy saytida xabar berildi.
Yillik o‘lim ko‘rsatkichi 19,5 million kishiga yetishi ehtimoli bor
Qayd etilishicha, tadqiqotda kompyuter modellashtirish usuli qo‘llanilib, 2 000 yildan buyon harorat o‘zgarishi va havo ifloslanishi bo‘yicha prognoz ma’lumotlari tahlil qilingan.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu asr oxiriga borib qo‘shimcha 30 million kishining hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lishi mumkin. Tadqiqot guruhi rahbari Andrea Pozzerning ta’kidlashicha, yillik o‘lim ko‘rsatkichi 19,5 million kishiga yetishi ehtimoli bor.
Aholining taxminan 20 foizi ekstremal harorat o‘zgarishlariga moslashishga majbur
Tahlil natijalariga ko‘ra, havo ifloslanishi tufayli umumiy o‘lim darajasi besh barobarga, harorat o‘zgarishlari esa yetti barobarga ortishi mumkin. Bundan tashqari 2 100 yilga borib, yer yuzidagi aholining taxminan 20 foizi ekstremal harorat o‘zgarishlariga moslashishga majbur bo‘lishi mumkin.



