$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Yiliga 8 millionga yaqin kishi havo ifloslanishidan kelib chiqadigan kasalliklardan vafot etadi

havo

Har yili dunyo bo‘ylab 8 millionga yaqin odam havo ifloslanishidan kelib chiqadigan kasalliklardan vafot etadi. Bu haqda UNICEF xabar berdi. Qayd etilishicha, 2019-yildan buyon bu ko‘rsatkich deyarli bir yarim millionga oshgan.

Keng tarqalgan tahdidlar

UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, sog‘liq uchun eng keng tarqalgan tahdidlar surunkali nafas olish va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, o‘pka kasalliklari, insult va onkologiyadir. Buning sababi atmosferada mikrozarrachalar konsentratsiyasining oshishi hisoblanadi. Ular o‘rmon yong‘inlari, qazib olinadigan yoqilg‘i va axlatlarni yoqishdan kelib chiqadi.

2023-yilda havosi eng ifloslangan mamlakatlar

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nozik zarrachalar va changning o‘rtacha konsentratsiyasi kubometr uchun 5 mikrogrammdan oshmasligi kerakligi haqida ogohlantiradi. Bangladesh, Pokiston, Hindiston, Tojikiston va Burkina-Faso 2023-yilda havosi eng ifloslangan mamlakatlarning IQ Air anti-reytingida birinchi o‘rinni egallagan.

State of Global Air hisobotiga ko‘ra, 2021-yilda 8,1 million o‘lim havoning ifloslanishi bilan bog‘liq. Havoning ifloslanishi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi uchun to‘yib ovqatlanmaslikdan keyin ikkinchi asosiy xavf omili bo‘ldi. Havoning ifloslanish ta’siri 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 700 ming bola o‘limiga bog‘liq bo‘lib, bu ushbu yoshdagi bolalar o‘limining taxminan 15 foizini tashkil qiladi.

Теги :
Salomatlik