Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +18° kechasi +9°

Millionlar kutgan yangilik: Hamster Kombat jamoasi ”listing“ sanasini e’lon qildi

HMSTR tokenini generatsiya qilish jarayoni 26-sentabrda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Millionlar kutgan yangilik: Hamster Kombat jamoasi ”listing“ sanasini e’lon qildi

HMSTR tokenini generatsiya qilish jarayoni 26-sentabrda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Telegram kanalida e'lon qilindi

“Hamster Kombat” o‘yini yaratuvchilari rasmiy listing sanasini e’lon qilishdi. Bu haqda mini-o‘yinning “Telegram"dagi sahifasida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Loyiha asoschilari listing va tokenlarni generatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rishayotganliklarini ma’lum qilishdi.

Qaysi birjada?

“TGE” hamda “AirDrop” joriy yilning 26-sentabrida bo‘lib o‘tadi. Biroq, aynan qaysi birjada o‘tkazilishi hozircha noma’lum.

Iyul oyi boshida Pavel Durov “Hamster Kombat” yaratuvchilari TON blokcheynida token chiqarishlarini aytgandi. “Biz yangi davr kelishiga real vaqtda guvoh bo‘lamiz”, dedi u.

Tangalarning mulkka aylanish tartibi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bu o‘yin kripto-aktiv bo‘lishi uchun blokcheyn texnologiyasi, uning qiymati va egasi bo‘lishi kerakligini qayd etdi. Shundagina u mulkiy huquqqa tenglashtirilishi mumkin.