Hamster Kombat loyiha jamoasi muhim xabarni e'lon qildi
Hamster Kombat tashkilotchilari o‘yinchilarga o‘zlari to‘plagan tokenlarning 60 foizini bermoqchi.
2 daqiqa o‘qiladi

Hamster Kombat tashkilotchilari o‘yinchilarga o‘zlari to‘plagan tokenlarning 60 foizini bermoqchi. Bundan tashqari keyingi “airdrop” haqida ham xabar berildi.
Hamster rejalari
2024-yilning 30-iyun kuni Hamster Kombat loyiha jamoasi muhim xabarni e'lon qildi.
Bunda yangilangan yo'l xaritasi va Whitepaper hujjatlari e'lon qilindi. Hujjatlar Hamster ekotizimi bo'yicha rejalarning batafsil bayonini o'z ichiga oladi.
60% token va TON bilan hamkorlik
Hujjatlarda Hamster Kombat jamoasi, har bir o'yinchining umumiy muvaffaqiyatga qo'shgan hissasini tan olib, 60% tokenlarni hamjamiyatga taqsimlashga qaror qilgani ko'rsatilgan.
Bu qaror blokcheyn dunyosida ilk texnik jihatdan murakkab bo'lgan tokenlarni taqsimlash jarayonini o'z ichiga oladi. Aniq sanalarni belgilash imkonsiz bo'lganligi sababli, ushbu jarayonni iloji boricha xatoliklarsiz va uzluksiz amalga oshirish uchun TON ekotizimi bilan yaqindan hamkorlik qilishi ta’kidlangan.
300 million foydalanuvchi va qolgan xarajatlar
Hamster Kombat Whitepaper hujjatida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, umumiy tokenlarning qolgan 40% likvidlikni ta'minlash, ekotizim bilan hamkorliklar, grantlar, mukofotlar va boshqa maqsadlar uchun ajratiladi.
Ushbu hujjatda o'yin auditoriyasi 190 mamlakatda 300 million foydalanuvchiga yetgani, shulardan 50 millioni har kuni faol ekani ta'kidlangan. Jamoa, shuningdek, o'yin allaqachon foydali bo'lganligini va tokenlarni sotishga zarurat yo'qligini bildirdi.
"Tarixdagi eng yirik airdrop"
Ishlab chiquvchilar ikkinchi airdropni o'tkazishni ham va'da qildilar. Jamoa so'zlariga ko'ra, bu "tarixdagi eng yirik airdrop" bo'ladi. Avvalroq, tarqatish iyul oyida amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi.
Hamster Kombat jamoasi, bu loyiha faqat boshlanishi ekanligini va Hamster ekotizimini yaratishda ilk qadam ekanligini ma'lum qildi. Ushbu ekotizim kelgusida o'yin doirasidan tashqariga chiqishni rejalashtirmoqda.
Hamsterning telegramga ta’siri
Notcoin, Hamster Kombat va boshqa shunga o'xshash loyihalar tufayli Telegram messenjeri foydalanuvchilari soni oylik 950 milliondan oshdi.
Avvalroq telegram asoschisi Pavel Durov esa Hamster tokenining TON blokcheynida chiqarilishini e'lon qilib, loyihani qo'llab-quvvatlagan. Bybit birjasi esa HMSTR tokenining premarket savdosini ochgan.



