$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Noto‘g‘ri ovqatlanish qanday oqibatlarga olib keladi?

noto

Ovqatlanish hayotning asosiy biologik ehtiyojidir. Ovqat, o‘z navbatida, organizmning rivojlanishi va metabolizmni tartibga solish uchun zarur bo‘lgan quvvatni beradi, organizmning o‘sishi va to‘g‘ri shakllanishini, sog‘liqni saqlashini ta’minlaydi. Oziq-ovqat mahsulotlari foydali, xilma-xil, to‘yimli va miqdoriy jihatdan optimal bo‘lishi lozim.

Ratsion buzilishi nima?

Nonushta qilmaslik, tez-tez tamaddi qilish, shirinliklarni ko‘p iste’mol qilish, tuzli ovqatlar yeyish – bularning barchasi ovqatlanishdagi eng zararli odatlardir. Doimiy ravishda sog‘lom ovqatlanish qoidalarining buzilishi o‘smirlar orasida ortiqcha vazn va surunkali kasalliklarning ko‘payishiga olib keladi.

Ratsion buzilishining salbiy oqibatlari ko‘p bo‘lib, bular quyidagi holatlarga olib kelishi mumkin:

• Temir tanqisligi anemiyasi: Ratsionda temir moddasi yetishmasligi natijasida temir tanqisligi anemiyasi rivojlanadi.

• Doimiy charchoq va bosh aylanishi: Energiya yetishmasligi sababli tana doimiy charchoq holatida bo‘ladi va bosh aylanishi kuzatiladi.

• Immunitetning zaiflashishi: Organizm zarur moddalarni ololmaganda, infeksiyalar va kasalliklarga chidamlilik kamayadi.

• Tish va suyak muammolari: Suyaklar mo‘rtlashib, sinish xavfi ortadi; tishlar esa minerallar tanqisligi sabab buzilishi mumkin.

• Bo‘y o‘smasligi va rivojlanishdagi muammolar: Ayniqsa, bolalar va o‘smirlar uchun noto‘g‘ri ovqatlanish o‘sish va rivojlanishning sekinlashishiga sabab bo‘ladi.

• Gormonal muammolar: Xususan, qizlarda hayz siklining buzilishiga olib keladi.

Dunyoda har sakkizinchi odam semizlikdan aziyat chekadi

Bugungi kunda noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar, xususan, ortiqcha vazn va semizlik, qandli diabet va yurak-qon tomir kasalliklarining keng tarqalishi katta xavotir uyg‘otmoqda. Shu bois, ovqatlanish odatlarining muhimligini anglab yetish va o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish zarur.

Aslida ovqatlanish odatlarni o‘zgartirish unchalik qiyin emas. Bu tufayli yuzaga keladigan kichik vaqtinchalik noqulaylik to‘g‘ri ovqatlanish organizm uchun olib keladigan foydadan ustun bo‘la olmaydi.