$
 12412.98
58.33
 14386.64
2.12
 154.28
0.35
weather
+26
Кечаси   +14°

Xotin qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta grant hududlar kesimida tasdiqlandi

positive

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Kvota hududlar kesimida

Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun ajratilgan grantning hududlar kesimida taqsimoti quyidagicha:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 11;

Andijon – 183;

Buxoro – 112;

Jizzax – 81;

Qashqadaryo – 193;

Navoiy – 60;

Namangan – 165;

Samarqand – 227;

Surxondaryo – 155;

Sirdaryo – 50;

Toshkent viloyati – 177;

Farg‘ona – 221; 

Xorazm – 110;

Toshkent shahri – 155.

Qaysi sohalar uchun?

Grant aniq va tabiiy fanlar, texnika fanlari va tibbiyot fanlari yo‘nalishlariga alohida hisoblanadi. Bu sohadan ortib qolgani qolgan sohalar uchun ajratiladi. Buni jadvalda aniq ko‘rish mumkin. 

O‘qishga kirish uchun katta imkoniyat

xotin-qizlar uchun o‘qishga kirishdagi asosiy imkoniyatlardan biri — ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiluvchi umumiy kvotaning 4 foizi miqdoridagi, ya’ni 2 mingta grant o‘rni hisoblanadi. 

Tavsiyanomani kam ta’minlangan, to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, nogironligi bo‘lgan ota-onaning farzandlari kabi bir qator toifalarga mansub xotin-qizlar olishi mumkin va ular alohida tanlov doirasida kirish imtihonlarida qatnashadi, eng yuqori ball olgan 2 ming xotin-qiz tavsiyanoma asosida grantga o‘qishga qabul qilinadi. 

Tavsiya 

Tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga va faqat ta’limning kunduzgi shakli uchun o‘tadi. Tavsiyanomasi bor xotin-qizlar ham 5 ta yo‘nalishga hujjat topshira oladi. Ularning ballari avvalo umumiy abituriyentlardan tashqari, tavsiyanomalilar uchun alohida hisoblanadi va eng yuqori ball to‘plaganlar imtiyoz bilan talabalikka qabul qilinadi, yetarli ball to‘play olmaganlar esa boshqa abituriyentlar kabi umumiy tanlovda qatnashadi va balliga qarab talaba bo‘la olishi yoki bo‘la olmasligi mumkin.


Теги :
Jamiyat