Sud Google monopoliyasini noqonuniy deb topdi
Amerika sudi Google kompaniyasini internet-qidiruvni monopoliyaga aylantirgan va halol raqobatni buzgan, degan qarorga keldi.
2 daqiqa o‘qiladi

Amerika sudi Google kompaniyasini internet-qidiruvni monopoliyaga aylantirgan va halol raqobatni buzgan, degan qarorga keldi. Bu haqda Xabar nashri ma’lum qildi.
Bu yirik IT-kompaniyalarga qarshi qo‘zg‘atilgan birinchi ish emas
Monopoliyaga oid ushbu katta ish bo‘yicha sud qarori — Google ona kompaniyasi Alphabet uchun jiddiy zarba, texnologiya kompaniyalarining biznes yuritishga yondashuvini o‘zgaritirib yuborishi mumkin.
2020-yilda AQSh adliya vazirligi onlayn-qidiruv bozorining qariyb 90 foizini nazorat qilayotgan Google kompaniyasiga qarshi da’vo kiritgandi. Bu yirik IT-kompaniyalarga qarshi qo‘zg‘atilgan birinchi ish emas.
Google monopoliyachi kabi ish tutgan
AQSh okrug sudi sudyasi Amit Mehta o‘z qarorini smartfonlar va brauzerlarda sukut bo‘yicha qidiruv tizimi bo‘lish uchun Google milliardlab dollarlar sarflagani bilan izohladi.
“Guvohlarning ko‘rsatmalari va dalillarni sinchiklab ko‘rib chiqib va taroziga qo‘yib, sud quyidagi xulosaga keldi: Google — monopoliyachi va o‘z monopoliyasini saqlab qolish uchun monopoliyachi kabi ish tutgan”, — dedi sudya.
U qanchalik ulkan va ta’sirga ega bo‘lishidan qat’i nazar — qonundan ustun emas
“Bu Amerika xalqining tarixiy g‘alabasi. Hech bir kompaniya — u qanchalik ulkan va ta’sirga ega bo‘lishidan qat’i nazar — qonundan ustun emas”, — dedi AQSh bosh prokurori Merrik Garland.
Alphabet sud qarori yuzasidan apellyasiya bermoqchi, deyiladi Reuters xabarida.



