Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +20° kechasi +9°

Gidrotexnika inshootlarida favqulodda holatlar vujudga kelganda yetkazilgan zararni qoplash tartibi joriy etildi

Shu bilan birga, fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilinishi lozim bo‘lgan 59 ta gidrotexnika obyektlarining ro‘yxati tasdiqlandi.

2 daqiqa o‘qiladi

Gidrotexnika inshootlarida favqulodda holatlar vujudga kelganda yetkazilgan zararni qoplash tartibi joriy etildi

Endilikda tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish mumkin.

Gidrotexnika inshootlarining holati endilikda kafolatlanadi

Ma’lum qilinishicha, tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish, yetkazilgan zarar miqdori va sug‘urtaning eng kam miqdorini hisoblash tartibi tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan gidrotexnika inshootlaridan foydalanish jarayonida avariya natijasida yetkazilgan zararni qoplash tartibi tasdiqlandi.

Gidrotexnika inshootlari - bu suv omborlari to‘g‘onlari, daryolardagi to‘g‘onlar, soylar, kanallar va kollektorlar, daryo o‘zanlarini to‘sib qo‘yadigan inshootlar, suv olish, suv o‘tkazgich, suv oqimi va qirg‘oqni himoya qilish inshootlari, gidroelektr stansiyalari, nasos stansiyalari.

Jabrlangan aholiga ham yetkazilgan zarar qoplab beriladi

Xususan, hujjat asosida quyidagilar tasdiqlandi:

gidrotexnika inshootlaridan foydalanishda fuqarolarning mol-mulkiga, sog‘lig‘iga va (yoki) mol-mulkiga, shuningdek, atrof-muhitga avariya natijasida yetkazilgan zarar uchun foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish tartibi;

favqulodda vaziyatlar natijasida gidrotexnika inshootlaridan foydalanishda aholining hayoti va sog‘lig‘iga hamda yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini hisoblash tartibi.

59 ta gidrotexnika inshootlari sug‘urtalanadi

Shu bilan birga, fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilinishi lozim bo‘lgan 59 ta gidrotexnika obyektlarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Nizomga asosan, sug‘urta shartnomasi gidrotexnika inshootlaridan foydalanuvchi tashkilotning tashabbusi bilan sug‘urtalovchi tomonidan belgilangan shaklda tuziladi.

Gidrotexnika inshootlaridan foydalanishda favqulodda vaziyatlar natijasida yetkazilgan zararni sug‘urtalashning minimal miqdori ularning sinfiga qarab belgilanadi:

I sinf – 250 000 BHM;  II sinf – 50 000 BHM;  III-IV sinf – 10 000 BHM.

Ushbu zarar miqdorini baholash Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasi yoki hududiy komissiyalar tomonidan belgilab beriladi.