$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Energetika vazirligi: “Gaz zapravka”lar odatiy tartibda ishlashda davom etadi

zapravka

10-fevral kuni Buxoro viloyati, Gazli hududidan o‘tuvchi magistral gaz quvurida yong‘in yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi. Undan keyin Energetika vazirligi matbuot xizmati 1 020 mm diametrli mazur magistral gaz quvurida yuz bergan holatni bartaraf etish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Dastlabki bayonotda vazirlik yong‘in oqibatida aholiga tabiiy gaz yetkazib berishda uzilishlar bo‘lmasligi uchun avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor shoxobchalarining (AGTKSh) faoliyatiga vaqtinchalik cheklov kiritilishi mumkinligini bildirgandi. Biroq keyinchalik ushbu xabarning aynan cheklovga oid qismi olib tashlandi.

Nega cheklov haqidagi xabar o‘chirildi?

Bu masala bo‘yicha Energetika vazirligi yana bir bor bayonot berib, cheklov haqidagi dastlabki ma’lumot nega olib tashlangani yuzasidan izoh berdi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, holat qo‘shimcha o‘rganilgach, mamlakatdagi barcha AGTKShlar viloyat hokimliklari bilan avvaldan kelishilgan tartibda ishlashda davom etishi belgilangan. Ya’ni, ularning faoliyati hududlardagi gaz ta’minoti holati va quvurlardagi bosimdan kelib chiqib yo‘lga qo‘yiladi.

Energetika vazirligi shuningdek, ushbu masalada har qanday o‘zgarish yuz beradigan bo‘lsa, bu haqda jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishini qayd etdi.

AGTKShlar odatdagidek ishlaydi

Hozircha mamlakat bo‘ylab avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari odatdagi tartibda faoliyat yuritishda davom etmoqda. Ammo gaz ta’minotidagi muammolar tufayli ayrim hududlarda bosim pastligi yoki vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin. Mutaxassislar Gazlidagi magistral gaz quvuridagi yong‘in ta’mirlash ishlari bilan bartaraf etilishi va tez orada ta’minot to‘liq tiklanishini ta’kidlamoqda.

Теги :
Jamiyat
Avto