$
 12618.63
-49.51
 14516.47
-124.1
 160.83
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Rossiyada 100 yilga yetadigan gaz bormi?

Gas

Rossiya tabiat resurslar vaziri Aleksandr Kozlov Rossiya hozirgi gaz qazib olish darajasi bilan 100 yildan ortiq zaxiraga, neft zaxiralari bilan esa taxminan 64,5 yilga ta’minlangani haqida gapirdi

Rossiya zaxirasi

Vazirning ma’lum qilishicha, Rossiyada hozirda uglevodorod xomashyosini geologik o‘rganish, qidirish va qazib olish bo‘yicha 4 052 ta litsenziya mavjud bo‘lib, ular 747 ta yer qa’ridan foydalanuvchi o‘rtasida taqsimlangan. “Umuman olganda, Rossiya qazib olinadigan tabiiy gaz zaxiralari bilan hozirgi qazib olish darajasida 100 yildan ortiq, neft bilan esa taxminan 64,5 yil davomida ta’minlangan”, — deydi Kozlov.

Qiyin qazib olinadigan zaxiralar

Vazirlik Rossiyada dunyodagi barcha tabiiy gaz zaxiralarining taxminan beshdan bir qismi joylashganini ma’lum qildi. “Rosnedra” ma’lumotlarida bu 63,5 trillion kub metrni tashkil etadi. Neft zaxiralari bo‘yicha mamlakat beshinchi o‘rinda, bu raqamlarda 31,4 milliard tonnaga teng.2024-yilda Energetika vazirligi Rossiyaning barcha neft va gaz zaxiralarining 60 foizini qiyin qazib olinadigan zaxiralar tashkil etgani, 2030-yilga kelib esa bu 80 foizga yetishini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, 2021-yilning fevral oyida O‘zbekiston Energetika vazirligining sobiq vaziri Alisher Sultonov "Amerika ovozi"ga bergan intervyusida amaldagi mavjud gaz zaxiralari “Uchta O‘zbekistonni boqa oladi”, deya ma’lumot bergan.

Теги :
Iqtisodiyot