$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O’zbekiston “Forbes” reytingida nechinchi o’rinda?

Forbes

O’zbek so’mi Forbesning eng zaif valyutalar reytingida 1 qadam yuqoriladi. 2023-yilda valyutamiz ushbu reytingda 7-o’rinda edi.

O’zbek so’mi reytingda 6-o’rinda

AQSH dollari eng ko‘p sotilgani uchun eng kuchli valyuta sifatida ko‘riladi. Dunyoda qiymati eng yuqori valyuta Kuvayt dinori bo‘lsa-da, AQSH dollari dunyo bo‘ylab qonuniy to‘lov vositasi sifatida tan olingan 180 ga yaqin valyutalarning yuqorisida turadi.

Eng kuchsiz valyutalar reytingi esa 1 AQSH dollariga nisbatan nisbiy qiymatdan kelib chiqqan holda tuzilgan. Ba’zi valyutalarda atigi 1 dollar sotib olish uchun ulardan o‘n mingta talab qilinishi mumkin. Forbes nashrining xabar qilishicha, o’zbek so’mi dunyodagi eng zaif valyutalar o’ntaligida 1 pog’ona yuqorilab 6-o’rinni egalladi. 

Eng zaif valyutalar TOP-10 ligi

Reytingdagi qiymatlar tez-tez o’zgarib turadi. Unga ko‘ra, Eron riali reytingning birinchi pog‘onasida o‘z o‘rnini saqlab qoldi. $1 — 42 037 rialini tashkil etadi.

O‘zbek so‘mi mazkur reytingda 6-o‘rinni egalladi hamda o‘tgan yilgi natijadan bir pog‘ona yuqoriladi.

Eron riali — 42 037,5.

Vetnam dongi — 24 535.

Laos kipi — 20 839,5

Serra-Leone leonesi — 19 750.

Indoneziya rupiyasi — 15 635.

O‘zbekiston so‘mi — 12 567,0.

Gvineya franki — 8 584,7.

Paragvay guarani — 7 293,6.

Uganda shillingi — 3 878.

Iroq dinori — 1 308,3.

Nashr izohi

“O‘zbek so‘mi dunyodagi yettinchi eng zaif valyuta: 1 so‘m 0,000087 dollarni tashkil qiladi yoki 1 dollarni 11 516 o‘zbek so‘mi evaziga sotib olish mumkin. Mamlakat ammo past iqtisodiy o‘sish, yuqori inflyatsiya, ishsizlik va korrupsiya bilan kurashishda davom etmoqda”, deyilgan “Forbes” tahlilida.

Valyuta zaifligi nimaga bog’liq?

Kuchli valyuta deganda barqaror iqtisodiyot, past inflyatsiya va kichik foiz stavkalari koʻz oldimizga keladi. Zaif valyuta asosan iqtisodiy beqarorlik, yuqori inflyatsiya va baland foiz stavkalari bilan bogʻliq.

Mazkur valyutalarning zaifligi ular amalda boʻlgan mamlakatlar uchun bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu ularda tovar va xizmatlar importini qiyinlashtirishi, pirovardida, tovar tanqisligi va narxlarning oshishiga olib kelishi ehtimolga yaqin. Shuningdek, bu xorijiy investitsiyalarni jalb etishni qiyinlashtirishi, iqtisodiy oʻsishni sekinlashtirishi mumkin.

Garchi soʻm dunyodagi eng zaif valyutalardan biri hisoblansa-da, mamlakat oʻz iqtisodiyotiga yordam berish uchun bir nechta muhim iqtisodiy islohotlarni amalga oshirdi.

So’mning etimologiyasi

Manbalarda «soʻm» soʻzining etimologiyasi boʻyicha turlicha fikrlar mavjud, kimdir uni turkiy tildan olingan boʻlib, dastlab pul solinadigan qopchaga nisbatan ishlatilgan desa, boshqasi esa uni toza, sof soʻzlari bilan bogʻlaydi. Lekin ushbu fikrlardan haqiqatga eng yaqini «soʻm» - arab tilidan kelib chiqqani boʻlib, «narx» maʼnosini ifodalaydi.

Ma’lumot uchun, o‘zbek so‘mi 1994-yil 1-iyul kunidan muomalaga kiritilgan. Aynan shu yildan so‘m pul birligi ishlatila boshlandi va hozirgi vaqtga qadar mamlakat hududida yagona to‘lov vositasi sifatida amal qilmoqda.