$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangi format, yangi musobaqalar: Oston O‘runov va Jaloliddin Masharipov Krishtianu Ronalduga qarshi o‘ynaydi

Elit afc

Bugun ilk bor o‘tkaziladigan Elit Osiyo Chempionlar Ligasi hamda Osiyo Chempionlar Ligasi-2 musobaqalariga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. OFC Elita chempionlar ligasining final bosqichi Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi. Saudiya ketma-ket besh mavsum davomida final bosqichini o‘zida qabul qiladi. Final bosqichida chorak final, yarim final va final bahslari o‘tkaziladi. 

Elita Chempionlar Ligasi

Ushbu musobaqada qit’aning eng kuchli 24 klubi ishtirok etadi — G‘arbda — 12 ta, Sharqda — 12 ta. Har bir mintaqa bittadan guruh bo‘ladi. Har bir jamoa guruhda 8 ta o‘yin o‘tkazadi (4 ta uyda, 4 ta safarda). Qaysi turda qaysi klub bilan raqib bo‘lishni esa qur’a aniqlab beradi. Shunisi aniqki, ikki klub o‘zaro bir marta to‘qnash kelishi mumkin. Ba’zi jamoalar esa guruh bosqichida to‘qnash kelmasligi ham mumkin. Dastlabki 6 ta tur o‘yinlari 16-sentyabr - 4-dekabr oralig‘ida o‘tkazilsa, 7 va 8-tur bahslari 2025-yilning fevral oyida bo‘lib o‘tadi. Har bir guruhdan 8 tadan jamoa keyingi bosqichga chiqadi. Nimchorak final bosqichi (2 ta o‘yin) mart oyiga belgilangan. Final bosqichi esa 25-aprel - 4-may kunlari oralig‘ida Saudiyada o‘tkaziladi. 

Osiyo Chempionlar Ligasi-2

Bu musobaqada 32 ta klub ishtirok etadi va OFC ularni 8 ta guruhga taqsimlaydi. Klassik ko‘rinishdagi bu format haqida yaxshi tasavvurga egasiz: jamoalar 8 ta guruhga bo‘linadi va "uy-safar" tizimida o‘yinlarda ishtirok etadi. Guruhlarda dastlabki ikkita o‘rinni egallagan jamoalar nimchorak finalga yo‘l olishadi. Nimchorak final, chorak final va yarim final bahslari ikkita o‘yindan iborat bo‘ladi. Final esa faqat bitta uchrashuvdan iborat bo‘ladi.

Elita Chempionlar Ligasi qur’asi

Qur’aga ko‘ra, O‘zbekiston chempioni “Paxtakor” Saudiyaning biror klubi bilan o‘ynamaydigan bo‘ldi. “Sherlar” uyda Qatarning “As Sadd” va “Ar Rayyan”, BAAning “Al Ayn” va “Al Vasl” klublarini qabul qilishadi. Safarda esa Eronning “Persepolis” va “Istiqlol”, Iroqning “Ash Shorta“, Qatarning “Al G‘arafa” klublari bilan bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar ketma-ketligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Paxtakor — As Sadd

Paxtakor — Al Ayn

Persepolis — Paxtakor

Ash Shorta — Paxtakor

Paxtakor — Ar Rayyan

Paxtakor — Al Vasl

Istiqlol — Paxtakor

Al G‘arafa — Paxtakor

OChL-2 turnirining qur’asi

Osiyo Chempionlar Ligasi-2 musobaqasining qur’a tashlash marosimiga ko‘ra, O‘zbekiston Kubogi sohibi “Nasaf” “Shabob Al Ahli”, “Kuvayt SK” va “Al Husayn” bilan D guruhidan o‘rin oldi. Ushbu musobaqaning guruh bosqichi o‘yinlari 17-sentyabrdan boshlanadi. Elit OCHLning dastlabki 6 ta o‘yin esa 2024-yilda, qolgan 2 ta bahs 2025-yilning fevral oyida bo‘lib o‘tadi.