$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Evos KFC'ni ortda qoldirdi

Oziq-ovqat

Soliq qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yarim yilligida umumiy ovqatlanish korxonalari budjetga 638 mlrd. so‘mdan ortiq soliq to‘lagan. Ovqatlanish korxonalarining moliyaviy holati qanday?

Tovar aylanmasi

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 19 376 ta yuridik shaxs tomonidan 638,2 mlrd. so‘m soliq to‘langan. Shundan 106,5 mlrd. so‘mi, ya’ni 16,7 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri kelgan. Ularning jami tovar aylanmasi 1,5 trln. so‘mdan oshgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 26,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Bu statistika orqali korxonalarning tovar aylanmasi va O‘zbekistonda ovqatlanish kompaniyalari yarim yil ichida qay darajadagi o‘sishga erishganini ham ko‘rishimiz mumkin. 

Evos va KFC joy almashdi

Soliq qo‘mitasining axborotiga ko‘ra, 2024-yil birinchi yarim yilligida “Evos” savdo aylanmasi 414 milliard so‘mdan oshgan. Bu barcha umumiy ovqatlanish kompaniyalari orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. U bilan raqobatlasha oladigan yagona kompaniya hali ham "KFC" bo‘lib, uning savdo aylanmasi hajmi 350 milliard so‘mni tashkil qilgan. Bu vaqt davomida Evos 32,3 mlrd. so‘mlik soliq to‘lab, 6,7 mlrd. lik soliq imtiyozlaridan foydalangan. "KFC" esa 21,5 milliardlik soliq to‘lagan hamda 6,4 mlrd. so‘mlik soliq imtiyozidan foydalangan. Qolgan barcha ovqatlanish kompaniyalari moliyaviy tomonlama yuqoridagi ikki kompaniyadan doimgidek ancha orqada qolmoqda.

Soliq turlari

Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida quyidagicha taqsimlanadi: 

QQS – 44,5 mlrd. so‘m; 

JShODS - 32,6 mlrd. so‘m;

foyda solig'i – 25,3 mlrd. so‘m; 

boshqa soliqlar - 4,1 mlrd. so‘m.