$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmaganlarga haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi

Firibgarlar firibgarlar

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

1400 AQSh dollarlik “haydovchilik guvohnomasi”

Tadbirda fuqaro A.P. fuqarolar I.I. va O.A.ning ishonchiga kirib, ularga go‘yoki Toshkent shahridagi tanishlari yordamida o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan imtihonlardan ijobiy o‘tkazib berib “V.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 400 AQSh dollari va 2,5 mln. so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Firibgarlik faqat Toshkentda emas

Shuningdek, Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S. A.”avtomaktabi xodimi I. N. fuqaro M. A. ga tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga o‘z xizmat xonasida 3 mln. so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro B.D. fuqaro M. J. ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki viloyat IIBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 600 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan

Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Теги :
Jamiyat