Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +9°

Toshkentda pul evaziga imtihon javoblarini va’da qilgan firibgar ushlandi

Holat bo'yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda poytaxt IIB matbuot xizmati xabar berdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda pul evaziga imtihon javoblarini va’da qilgan firibgar ushlandi

Toshkentda imtihon javoblarini sotmoqchi bo'lgan fuqaro ushlandi. Holat bo'yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda poytaxt IIB matbuot xizmati xabar berdi. 

Oliy o‘quv yurtlarida test sinovlarida firibgarlik holatlari

Oliy o‘quv yurtlarida test sinovlarini o‘tkazish jarayonida nopok kimsalar tomonidan fuqarolarning ishonchiga kirib, chuv tushirish holatlari yo‘q emas. Masalan, keng tarqalgan usullardan biri – test savollariga to‘g‘ri javoblar ro‘yxatini taklif qilish yoki xalq tilida aytganda "bunkerlik". 

Pulni olgach, aloqani uzgan

Sergeli tumani IIO FMB navbatchilik qismi xabariga ko‘ra, nomaʼlum shaxs 23 yoshli J.I.ning ishonchiga kirib, poytaxt oliygohlarining biridagi test savollariga to‘g‘ri javoblar ro‘yxatini topib berishni vaʼda qiladi. Jabrlanuvchi uning hisob raqamiga 885 096 so‘mni o‘tkazgach, u umuman aloqaga chiqmay qo‘ygan. 

Firibgarning shaxsiga oydinlik kiritilgan

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, firibgar 22 yoshli X.Otabek ekanligi maʼlum bo‘ldi. Mazkur ish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

"Oliygohlarga kirish istagida bo‘lgan yoshlarga har xil kimsalarning vaʼdalariga ishonavermay, o‘z bilimingiz kuchiga ishonishingizni tavsiya qilgan bo‘lardik," - deydi IIB matbuot xizmati.