$
 12559.26
-59.37
 14413.01
-103.46
 160.17
-0.66
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Yunusoboddagi do‘konlarda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahar Yunusobod tumanida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.

Do‘konlardan yong‘in chiqqan

Ma’lum bo‘lishicha, 2024-yil 10-avgust kuni soat 14:02 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Yangishahar ko‘chasida joylashgan do‘konlarda yong‘in sodir bo‘lgan.


Yong‘in bartaraf etilgan, jabrlanganlar yo‘q

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 14:08 da yetib borib, yong‘in soat 14:29 da o‘chirilgan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Теги :
Jamiyat