Mikromoliya tashkilotlari mikromoliya banklariga aylantirilishi mumkin
Mikromoliyalashtirish bo'yicha yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Sohaga oid qonun loyihasi haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Javlonbek Ergashov batafsil so‘zlab berdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Mikromoliyalashtirish bo'yicha yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Sohaga oid qonun loyihasi haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Javlonbek Ergashov batafsil so‘zlab berdi.
Mikromoliya tashkilotlarining tijorat banki sifatida faoliyat yuritishi uchun huquqiy hujjat yo‘q
So‘nggi yillarda mikromoliyalashtirish xizmatlariga aholi tomonidan talab oshib bormoqda. Ammo nobank kredit tashkilotlarining qo‘shimcha moliyaviy resurslar, jumladan, omonatlarga pul mablag‘larini jalb etish imkoniyatlari cheklangani mazkur tashkilotlar tomonidan keng doiradagi iste’molchilarga mikromoliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish imkonini bermayapti.
Shu bilan birga, yetarli salohiyatga ega mikromoliya tashkilotlarining tijorat banki singari faoliyat olib borishi uchun tashkiliy-huquqiy asoslar mavjud emas.
Mikromoliya banklari bank xizmatlarini ruxsat etilgan shartlar asosida ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘ladi
Shu sababdan “Mikromoliyalashtirish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Unga asosan, bank xizmatlarini ruxsat etilgan shartlar asosida ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan yuridik shaxs – mikromoliya banklari instituti joriy qilinmoqda. Bunda mikromoliya tashkilotlari mikromoliya banklariga aylanishi va o‘z navbatida, mikromoliya banklari tijorat banklari darajasiga ko‘tarilishining huquqiy asosi yaratiladi.



