$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 4 trillion so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilgan

farmatsevtika

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmatining AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilishicha, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 4 trillion so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

153,2 mln. AQSh dollarlik mahsulotlar eksport qilindi

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan 10 oy davomida 2,73 trln. so‘mlik dori vositalari, 771 mlrd. so‘mlik tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar hamda 498 mlrd. so‘mlik boshqa turdagi farmatsevtika mahsulotlari, ya’ni, biologik faol qo‘shimchalar va gigiyenik vositalar ishlab chiqarildi.

Korxonalar tomonidan 153,2 mln. AQSh dollarlik mahsulotlar eksport qilindi. Eksportchi korxonalar soni 36 taga ortib, jami 365 tani tashkil etmoqda. Ushbu korxonalar tomonidan 45 ta davlatga mahsulotlar eksport qilinmoqda. Joriy yildan Fransiya, Germaniya, Daniya va Slovakiya davlatlariga mahsulotlarni eksport qilish yo‘lga qo‘yildi.

 Farmatsevtika yo‘nalishida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida 147 mln. AQSh dollari mablag‘lar o‘zlashtirildi. Shundan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar – 92 mln. AQSh dollarni tashkil etdi.

Sohaga oid 12 ta yangi loyiha ishga tushirilgan

Joriy yilning 10 oyida 12 ta loyiha ishga tushirildi, ular doirasida 641 nafar yangi ish o‘rinlari va 145 mlrd. so‘mlik ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi.

Shuningdek, Xorazm viloyatida qiymati 4 mln. AQSH dollarlik infutsion eritmalar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi;

Samarqand viloyatida qiymati 18 mln. AQSH dollarlik dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi;

Toshkent shahrida qiymati 3 mln. AQSH dollarlik infuzion dori vositalari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihalari ishga tushirildi.

Joriy yilda “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining Ma’muriy binosi ishga tushirildi.

Xalqaro Farmatsevtika texnik universiteti o‘z faoliyatini boshlab, ilk talabalarni qabul qildi.

Yangi loyihalar uchun yer maydonlari ajratilgan

“Tashkent Pharma Park” klasterning sanoat zonasida umumiy qiymati 658 mln. AQSH dollarlik 20 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar uchun Klaster hududidan 77,65 gektar yer maydoni ajratildi.

Klasterda, qiymati 40 mln. AQSH dollarlik ilk yangi loyiha ishga tushirildi va 300 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

2024-yilning o‘zida 12 ta yangi loyihalarga yer maydoni ajratildi va barcha loyihalarda qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuning bilan birga,  51 gektar yer maydonda 607 mln. AQSH dollarlik 18 ta loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Janubiy Koreyaning Eksimbanki bilan birgalikda “Tashkent Pharma Park” klasterining ilmiy-o‘quv qismini tashkil etish II bosqichi doirasida qiymati 105 mln. AQSH dollarlik bitim imzolandi.

Loyihaning I bosqichi doirasida, ya’ni 83,7 mln. AQSH dollarlik Farmatsevtika texnik universiteti binosini qurish loyiha smeta hujjatlari koreyalik maslahatchilar tomonidan ishlab chiqildi. Hozirda quruvchi kompaniyani tanlash bo‘yicha tender tanlovlari o‘tkazilmoqda.

Davlat muassasasi xodimlari soni 4 barobar oshirildi

Joriy yilda sohadagi korxonalarga xalqaro standartlarni joriy etish ishlarini jadallashtirish maqsadida “Zarur amaliyotlar markazi” Davlat muassasasi xodimlari soni 4 barobar oshirildi.

Buning natijasida joriy yilning 10 oyida 39 ta ishlab chiqaruvchi korxonalarda (shu jumladan, ishlab chiqarish liniyalarida) “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – (GMP)” standarti joriy etildi.

 GMP standartiga ega korxonalar soni 53 taga, ishlab chiqarish liniyasi soni 87 taga yetdi.

“Zarur distribyutorlik amaliyoti – GDP” standartiga ega tashkilotlar soni 328 taga yetdi. Bu yilning o‘zida 182 ta distribyutorga GDP standarti joriy etildi.

2024-yilda “Zarur dorixona amaliyoti – GPP” standarti bo‘yicha dorixonalarni sertifikatlashtirish ishlari boshlanib, bugungi kunda 1 246 ta tarmoqli dorixona sertifikatlashtirishdan o‘tdi.

Farmatsevt talabalar chet elda malaka oshirib qaytishdi

Dorixonalar tomonidan GPP sertifkati uchun jami 5 311 ta ariza topshirildi. Yil yakuniga qadar respublikadagi barcha tarmoqli dorixonalarda GPP standartini joriy etish ishlarini yakunlash belgilangan.

Xorijdagi o‘zbekistonlik yoshlar bilan aloqalar o‘rnatildi;

13 nafar mutaxassis - bakalavr, magistratura hamda PhD yo‘nalishida jahonning top 100 talik universitetlari ro‘yxatiga kirgan Yevropa hamda AQSH universitetlarida o‘qish grantlarini qo‘lga kiritdi;

2 nafar ilmiy xodim Fransiyaning Parij-Sakle Universitetida (Paris-Saclay University) malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi;

Yanvar-oktyabr oylarida sohada faoliyat yuritayotgan jami 300 nafardan ortiq mutaxassislarning Turkiya, Belorussiya va Rossiya davlatlarida malakasi oshirildi.