O‘zbekiston terma jamoasi 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi
Ma’lumot uchun, joriy yilning 21-30-iyul kunlari Saudiya Arabistonida tashkil etilgan dunyoning 87 ta davlatidan 340 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston terma jamoasi 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu haqida Ixtisoslashtirilgan davlat muassasalari agentligi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 21-30-iyul kunlari Saudiya Arabistonida tashkil etilgan dunyoning 87 ta davlatidan 340 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.
Sovrindorlar ro‘yxati
Daler Rahimov – Toshkent shahar, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi - Oltin medal;
Axror Baxodirov – Toshkent shahar, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi - Kumush medal;
Saida Abdullayeva – Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 11-sonli AFCHO‘IM 11-sinf o‘quvchisi - Kumush medal;
Mirjahon Muhammadov – Toshkent shahar, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi - Bronza medal.
Avvalroq, nemis tili bo’yicha Xalqaro butunjahon olimpiadada o’zbekistonlik Rayyona Ibrohimova oltin medal olib, noutbuk bilan taqdirlangan edi.



