$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Yashash uchun eng qimmat boʻlgan shaharlar reytingi e'lon qilindi

jeneva

Shveysariyaning Jeneva shahri 2024-yilda yashash uchun eng qimmat shahar deb topildi. Ushbu shahar Numbeo indeksida birinchi o‘rinni egalladi.

Har olti oyda chop etiladigan indeks

Reyting dunyoning 218 ta shahrini o‘z ichiga oladi va har olti oyda chop etiladi. U to‘rt kishilik oila uchun yashash narxining turli jihatlarini aks ettiruvchi bir nechta asosiy indekslarni o‘z ichiga oladi.

Keng qamrovli baholash uchun "yashash qiymati indeksi" qo‘llaniladi. U oziq-ovqat, restoranlar, transport va kommunal xizmatlar kabi iste’mol tovarlarining nisbiy narxlarini ko‘rsatadi. Ammo bu indeks ijara yoki ipoteka kabi yashash xarajatlarini o‘z ichiga olmaydi.

Jeneva eng qimmat shahar

2024-yilda eng qimmat shahar 101,7 ball bilan Jeneva (Shveysariya) bo‘ldi. Shveysariyaning yana bir shahri Syurix ikkinchi o‘rinni egalladi (100,4 ball). Reytingda uchinchi o‘rinni Nyu-York, uchinchi o‘rinni San-Fransisko va Boston egalladi. Eng qimmat shaharlar o‘nligiga Reykyavik, Vashington (Kolumbiya okrugi, AQSh), Sietl, Los-Anjeles va Chikago ham kirdi.

Markaziy Osiyo shaharlari

O‘zbekiston poytaxti Toshkent esa 218 shahar ichida 200-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyoda Olmaota eng qimmat shahar deya topilgan, undan keyin Ostona va Bishkek joylashgan. 

Rossiya, Pokiston va Hindiston shaharlari

Rossiya poytaxti Moskva reytingda 139-o‘rinni egalladi (38,9). Sankt-Peterburg - 162-o‘rin (34,2).

Pokiston va Hindiston shaharlari hamyonbop bo‘lib chiqdi: ular orasida Karachi (19,0), Lahor (19,1) va Kalkutta (21,1) kabilar bor.

2023-yildagi eng qimmat shaharlar 

Solishtirish uchun: 2023-yilgi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida Bermudaning Hamilton shahri 1-oʻrinni zabt etgan boʻlsa, Shveysariyaning Bazel, Tsyurix, Lozanna, Zug va Bern shaharlari 2-dan 6-gacha boʻlgan oʻrinlarni egallagan.

AQShning Santa Barbara, Kayman orollaridagi Jorj Taun, Shveysariyaning Jeneva hamda AQShning Honolulu shaharlari kuchli oʻntalikni yakunlab bergan.

Toshkent shahri 540 ta davlat orasida 482-oʻrinni, Bishkek shahri esa 496-oʻrinni egallagan.

Теги :
Jamiyat