Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +22° kechasi +9°

Elektr energiya to‘lovlari bo‘yicha yangi tizim ishga tushirildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi to‘liq ishga tushirilganligini ma’lum qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Elektr energiya to‘lovlari bo‘yicha yangi tizim ishga tushirildi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi to‘liq ishga tushirilganligini ma’lum qildi.

Har qanday energiya hisobini onlayn kuzatib turish mumkin

Ayni paytda iste’molchilar elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni kuzatib borishlari mumkin.

Yangilangan tizim orqali iste’molchilar bevosita o‘zi iste’mol qilgan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa har qanday ma’lumotni onlayn tarzda kuzatib borishi imkoni yaratildi.

Tizimni bosqichma-bosqich ishga tushirish ishlari olib borildi

“Mazkur tizimni joriy etish bir qancha texnik jarayonlarni o‘z ichiga olganligi sababli, tizimni bosqichma-bosqich ishga tushirish ishlari olib borildi va kutilganidan ortiq vaqt talab etganligini ma’lum qilamiz hamda yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.