$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston ortiqcha elektr energiyasini Yevropaga eksport qila oladi — Jo‘rabek Mirzamaxmudov

Jorabek Mirzamahmudov

Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab elektr kabelini o‘tkazish bo‘yicha Qozog‘iston-O‘zbekiston-Ozarbayjon qo‘shma uch tomonlama loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, O‘zbekiston 2030-yildan boshlab ortiqcha elektr energiyasini Yevropaga eksport qila oladi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamaxmudov Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo energetika vazirlarining birinchi yig‘ilishi doirasida ma’lum qilgan.

5 GVtgacha eksport qilish mumkin 

Uning ta’kidlashicha, joriy yil oxiriga qadar qayta tiklanadigan energiya manbalaridan olinadigan umumiy energiya quvvatini 4 GVt dan ortiq darajaga yetkazilinadi. 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 20 GVt dan oshadi, shundan 2 dan 5 GVtgacha Yevropaga eksport qilinadi.

Eksportning hajmi xaridorlarning ehtiyojiga bog‘liq

Uning so‘zlariga ko‘ra, eksportning aniq hajmi elektr energiyasini uzatish tizimining quvvati va yevropalik xaridorlarning ehtiyojlariga bog‘liq bo‘ladi.

Vazirning qayd etishicha, O‘zbekistondan boradigan elektr energiyasi Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimi orqali Qozog‘istondan Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab Ozarbayjonga, u yerdan Gruziyaga, so‘ngra Ruminiya, Vengriya va Bolgariyaga yetkaziladi.

Qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushi 40 foizga yetkaziladi

Rejaga muvofiq, O‘zbekistonda 2030-yilga borib umumiy ishlab elektr chiqarish quvvati 2,4 barobarga – 44,9 GVtgacha oshiriladi. Shu bilan birga, qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushi 40 foizga yetkaziladi va bu maqsadda umumiy quvvati 18,8 GVt (8,6 GVt – quyosh, 10,2 GVt – shamol) bo‘lgan quyosh va shamol energiyasi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi.

Теги :
Jamiyat