$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Quyosh energiyasini saqlovchi yangi texnologiya ixtiro qilindi

energiya

Yaqinda fizika va materialshunoslik sohasida faoliyat olib boruvchi xalqaro olimlar guruhi quyosh energiyasini uzoq muddat saqlab, energiyani talabga binoan ishlatish imkoniyatini beradigan yangi materialni ishlab chiqdilar.

Endi har qanday havoda ham quyosh energiyasidan foydalanish mumkin

Bu texnologiya qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish va energiya zaxiralash sohasida katta o‘zgarishlar yaratishi kutilyapti.

Ma’lum qilinishicha, olimlar atomlarning maxsus tartibda joylashuvi orqali fotonlarni tutib qolish va ularni keyinchalik zarur vaqtda energiyaga aylantirish xususiyatiga ega bo‘lgan material ishlab chiqdilar. Bu material energiyani to‘plab, uni qisman yoki to‘liq holda foydalanishga tayyor holda uzoq muddat saqlab turadi. Hozirgi kungacha quyosh panellari orqali to‘plangan energiyani saqlashda qiyinchiliklar mavjud edi, chunki ular faqat ma’lum vaqtda ishlashga qodir va energiyani to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlatish talab qilinardi.

Yangi texnologiya bu muammoni hal qiladi, chunki fotonlar, ya’ni quyosh nurlari tutilib, zarur vaqtda elektr energiyasiga aylantiriladi. Ya’ni bu modda quyoshli kunlarda energiyani to‘plab, yopiq yoki bulutli kunlarda uni ishlatishga imkon beradi. Energiya manbai kamayib ketganda ham quvvat berishni davom ettiradi.

Texnologiyani boshqa sohalarda ham qo‘llasa bo‘ladi

Shuningdek, bu material nafaqat uy xo‘jaliklarida, balki sanoat va katta masshtabdagi korxonalarda ham energiyani tejash uchun qo‘llanishi mumkin. Yangi materialning samaradorligi energiya zaxiralashning iqtisodiy jihatini ham yaxshilaydi, chunki quyoshli kunlarda ortiqcha yig‘ilgan energiyani saqlash va undan istalgan vaqtda foydalanish iqtisodiy tejamkorlikni oshiradi.

Bu kabi texnologiyalar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada samaraliroq qo‘llash imkonini beradi. Xususan, quyosh energiyasini saqlash borasidagi yutuqlar kelajakda global miqyosda iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bunday materiallar energiya tizimlarining barqarorligini oshirish, uglerod chiqindilarini kamaytirish va energiya ta’minoti bo‘yicha izchillikni ta’minlashda katta yordam beradi.

Shuning bilan birga, tadqiqot hali yangi bosqichda bo‘lib, kelgusida uni sanoat darajasida amaliyotga tatbiq etish ustida ish olib borilyapti. Yangi materialni maskan va sanoat obyektlarida ishlatish orqali energiya tejashni yaxshilash rejalashtirilyapti. Quyosh energiyasini uzoq muddatli saqlash texnologiyasining rivojlanishi energiya ishlab chiqarish, saqlash va taqsimlash sohasida yangi inqilobiy o‘zgarishlar olib kelishi mumkin.