$
 12456.25
45.26
 14461.71
223.82
 158.36
-0.02
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Toshkentga yana 200 ta “Yutong” elektr avtobusi keltiriladi

avtobus

Ma’lumotga ko‘ra, 12-fevral kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov va Yutong Bus kompaniyasining xalqaro marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Xu Pen o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tgan. Unga muvofiq O‘zbekiston Transport vazirligi va Xitoyning “Yutong” kompaniyasi yana 200 ta elektrobus yetkazib berishga kelishib olgan, shuningdek, poytaxt uchun qo‘shimcha 1000 ta avtobus sotib olish bo‘yicha ham muzokaralar olib borilmoqda. 

Xususiy sektorga yo‘l

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda elektrobuslar xarid qilishni xohlovchi xususiy tashuvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi ham kun tartibiga kiritilmoqda. Ularga imtiyozli moliyalashtirish sxemalari yoki subsidiyalar taklif qilinishi mumkin. 1000 ta yangi avtobus sotib olish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, poytaxt jamoat transportiga bo‘lgan bosim sezilarli darajada pasayishi ehtimoli yuqori.

2025-yilgi rejalar

2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida hududlarda 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar qurish va rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan edi. Shuningdek, hududlarda jamoat transportining 50 ta yangi yo‘nalishlar tarmog‘i tashkil etilishi, shuning bilan birga, hududlarda jamoat transporti uchun yangi zamonaviy jami 700 ta avtobus xarid qilinishi ham rejalashtirilgan. Shuningdek, unda avtobuslar harakatiga ustuvorlik berish maqsadida hududlarda jamoat transporti uchun alohida avtobus yo‘laklarini 150 kmga yetkazish nazarda tutilgan.

Теги :
Jamiyat
Avto