$
 12707.95
57.69
 14099.47
115.87
 140.95
-1.01
weather
+26
Кечаси   +14°

Soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi

Svet

Respublikada kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sharoitida elektr energiyasiga bo‘lgan talab hafta davomida 16,5 mln kVt•soat yoki o‘rtacha 7,1 foiz oshganligi kuzatildi. Xususan, 25- va 26-iyul kunlari energotizim bo‘yicha mutlaq tarixiy rekord ko‘rsatkichlar yangilandi

Jumladan, 25-iyul kuni soat 15:47 da havo harorati +39,7 darajada (Toshkent shahrida) O‘zbekiston energotizimida iste’mol quvvati 11 822 MVtni tashkil qildi.

Mazkur ko‘rsatkich yoz davri uchun tarixdagi absolyut rekord bo‘lib, 2023 yil 28 iyulda (+40 daraja) qayd etilgan eng yuqori iste’molga nisbatan 343 MVt ko‘p bo‘ldi. 

Shuningdek, 26-iyul kuni yozgi maksimal sutkalik elektr energiyasi iste’moli 253,3 mln kVt•soatni tashkil etib, 2023-yil 28-iyul kungi yozgi maksimal iste’moldan 0,9 mln kVt•soat ko‘p bo‘ldi.

Toshkent shahridagi energiya isteʼmoli

Toshkent shahrida 26-iyul kuni absolyut tarixiy rekord iste’mol quvvati soat 14:27 da kuzatilib, 1705 MVtni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi 27-iyul (+40,1 daraja) kunida kuzatilgan maksimal iste’molga nisbatan 97 MVt ko‘pdir.

Anomal harorat fonida havo va kabel elektr uzatish liniyalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati pasayishi sababli poytaxtning alohida elektr tarmoq xo‘jalik obyektlarida (soat 11:00 dan soat 17:00 gacha) o‘ta kuchli yuklanishlar qayd etildi.

1300 MVt zaxira quvvatlari mavjud

Qayd etilishicha, mazkur holat tizimli avariyalarning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va poytaxt iste’molchilarning tartibsiz ommaviy uzilishlarini oldini olish maqsadida, Toshkent shahar iste’molchilariga qisqa muddatli vaqtinchalik cheklovlar kiritishni talab etdi.

"Iste’molchilardan tarmoqda keng ko‘lamli nosozliklar yuzaga kelishining oldini oladigan, ancha uzoq vaqt tuzatishni talab qiladigan holgacha yetib bormaslik uchun qisqa muddatga elektr energiyasini uzib turishga to‘g‘ri keladigan bunday zaruriy choralar bugun o‘ta muhim ekanligini to‘g‘ri tushunishlarini so‘raymiz.

Qat’iy tejamkorlikka amal qilib, zarurat bo‘lmagan hollarda elektr asboblaridan foydalanmaslik orqali ham barchamiz tizimda yuklamaning ortishini, avariyalar va uzilishlarning sodir bo‘lishini oldini olishga katta hissa qo‘shamiz.

Ta’kidlash o‘rinliki, ayni paytda kunduzgi soatlarda energotizimda jami 1300 MVt zaxira quvvatlari mavjud bo‘lib, energotizim iste’mol talabining qariyb 1900 MVt qismi yoki 16 foizi quyosh fotoelektr stansiyalari hisobidan qoplanmoqda. Natijada soatiga 590 ming kub metr gaz iqtisod qilinishiga erishilyapti.

Shuni qayd etish kerakki, anomal issiq sharoitida ayrim tarmoqlarda yuz berayotgan avariyalar hududlarda tashkil etilgan maxsus brigadalar tomonidan kechiktirmasdan bartaraf etilmoqda. 1154 qisqa raqamiga aholi tomonidan bo‘ladigan murojaatlarga tezkor javob berish maqsadida esa qo‘shimcha xodimlar jalb qilingan", - deyiladi vazirlik xabarida.

Теги :
Жамият