$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonning parlament saylovlari uchun Rossiyada 7 ta saylov uchastkasi ochiladi

saylov

O‘zbekistondagi parlament saylovlari uchun saylov uchastkalari qaysi davlatlarda tuzilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.

Chet davlatlaridagi saylov uchastkalari

O‘zbekistondagi parlament saylovlari uchun xorijiy davlatlarda saylov uchastkalari tuzilmoqda. 39 ta chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkasi ochilishi belgilab qo‘yildi.

Qaysi davlatlarda?

Saylov uchastkalari quyidagi davlatlarda joylashgan:

Avstriya, Afg‘oniston, Belarus, Belgiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Indoneziya, Isroil, Ispaniya, Italiya, Quvayt, Latviya, Malayziya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Polsha, Singapur, Tayland, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Ummon, Fransiya, Hindiston, Shveysariya, Shvetsiya, Eron va Yaponiyada – 1 tadan;

Amerika Qo‘shma Shtatlari, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Janubiy Koreya, Germaniya va Qirg‘iziston– 2 tadan;

Qozog‘iston va Xitoyda 3 – tadan;

Rossiya Federatsiyasida – 7 ta.

Saylov kodeksiga muvofiq, partiya ro‘yxati asosida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining yagona saylov okrugi bo‘yicha saylovini o‘tkazish uchun Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuziladi.