$
 12848.38
27.91
 13512.64
42.17
 120.07
-2.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi ekologik ekspertiza xulosasini berishda jamoatchilik fikri inobatga olinadi

a 4 9

Davlat ekologik ekspertizasi markazi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikasiyalar binosida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlandi.

Tadbirdan maqsad nima?

Tadbirning asosiy maqsadi – amaldagi qonunchilikdagi kamchiliklar, yangi qonun loyihasini qabul qilishdan fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlari uchun bo‘ladigan ijobiy natijalar bo‘yicha Ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazish.

Qanday oʻzgartirishlar kiritilmoqda?

Anjumanda nutq so‘zlagan davlat ekologik ekspertizasi markazi Bosh direktori G‘ayratjon Muxamedov qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar va ularning ahamiyatiga to‘xtaldi.

"Yangi tahrirdagi qonun obyektlarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini baholashning barcha jabhalarini qamrab oladi. Qolaversa, ekologik ekspertiza xulosalari sifati oshadi, jamoatchilikning faol ishtiroki ta’minlanadi, — dedi G‘ayratjon Muhamedov. — Bundan tashqari, Respublikaga sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan investorlar uchun ishonchli ekologik baholash tizimi, davlat dasturlari, Bosh rejalar va yo‘l xaritalarining Strategik ekologik baholash tartiblari, loyiha tashkilotlarining reyting tizimi va atrof-muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etiladi”.

Jamoatchilik fikri ham inobatga olinadi

Maʼlumot uchun, amaldagi Qonun nomi "Ekologik ekspertiza to‘g‘risida" bo‘lib, yangi tahrirdagi Qonun loyihasi Ekologik baholashning barcha jabhalarini qamrab olishi sababli "Davlat ekologik ekspertizasi va atrof-muhitga ta’sirni baholash to‘g‘risida" etib nomlandi. 

Shu bilan birga, ekologik ekspertiza xulosalarini berishda jamoatchilik fikrini inobatga olish majburiyatlari kiritildi (Orxus konvensiyasi talablari asosida).

Xavfsizlik toifalari 3 ta boʻldi

Bundan tashqari, atrof-muhitga ta’sirni baholash va Strategik ekologik baholash mezonlari kiritildi (Espo konvensiyasi va Strategik ekologik baholash bayonnomasi talablari asosida). 

Shu bilan birga, amaldagi 4 ta xavflilik toifalari xalqaro talablarga muvofiq 3 taga o‘tkazildi. Qonunosti hujjatlari Vazirlar Mahkamasining 541-son va 14-son qarorlari o‘rniga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydigan Qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Shuningdek, matbuot anjumanida amaldagi "Ekologik ekspertiza to‘g‘risida"gi Qonunga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilishi, jumladan, jamoatchilik ishtiroki, Orxus va Espo konvensiyalari hamda Strategik ekologik baholash talablari kiritilishi bo‘yicha ma’lumotlar berilib, fikr-mulohaza muhokama o‘tkazildi.