$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Pavel Durov hibsga olindi: nimalar maʼlum?

pavel

Telegram asoschisi Pavel Durov Parijning Le Burje aeroportida hibsga olindi, deb xabar bermoqda Fransiya OAVlari.

Parijga chipta qimmatga tushdi

TF1 telekanali 39 yoshli tadbirkor 24-avgust, shanba kuni kechqurun Ozarbayjondan xususiy samolyotida Parijga uchib borganidan keyin qo‘lga olingani haqida ma’lumot berdi. Durovga uning shaxsiy qo‘riqchisi va ismi noma’lum ayol hamrohlik qilgan.

Qidiruvdagi Durov

Xabarga ko‘ra, Durov Fransiyada qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan (Fichier des Personnes Recherchées, FPR). Uni hibsga olish uchun Fransiya sud-tergov politsiyasi dastlabki tergov asosida order bergan.

Ayblovlar

Fransiya rasmiylari Durovni Telegram'da moderatsiya yetishmasligi sababli giyohvand moddalar savdosi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlikda ayblamoqda. “U o‘z platformasida [huquq-tartibot idoralari bilan] moderatsiya yoki hamkorlik qilish uchun hech narsa qilmasdan, son-sanoqsiz qonunbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ydi”, — deyiladi xabarda.

TF1 xabariga ko‘ra, Durov Kreml foydasiga josuslikda ham ayblanmoqda. 

Yevropaning bosimi

TF1 suhbatdoshlaridan birining qayd etishicha, Durovni hibsga olish uchun order faqat Fransiyada amal qiladi. Tadbirkor 2021-yilda Fransiya fuqaroligini olgan boʻlib, u oʻzining qidiruvdagi shaxs ekanligini bilgan shu sababli Yevropa bo‘ylab kamroq sayohat qilgan va Telegram ishi xavfsizlik kuchlari nazorati ostida bo‘lgan davlatlardan qochgan. “Bugun u xato qildi. Sababini bilmaymiz”, — deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, Fransiya hukumati Pavel Durovning hibsga olinishidan Yevropaning boshqa mamlakatlarga bosim o‘tkazish uchun foydalanishi mumkin.

AQShning iltimosi

TASS nashrining xabar qilishicha, Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishi AQShning iltimosiga binoan sodir boʻldi, deb hisoblaydi xavfsiz Internet Ligasi rahbari Ekaterina Mizulina.‌‌

Ton kriptovalyutasining qulashi 

Baza nashri Pavel Durovning hibsga olinishi haqidagi xabarlar fonida TON kriptovalyutasi ham deyarli 15 % ga pastga qulaganini xabar qildi. Eslatib oʻtamiz Pavel Durov "Hamster" krimtovalyutasini ham moliyalashtirishi kutilayotgan insonlardan biri edi.

Durovga nisbatan bir qator ayblovlar ilgari surilgan va Fransiya fuqarosi sifatida sudlanishi aytilmoqda. Agar ayblari isbotlansa u 20 yilga qamalishi mumkin.

Haqiqatni yashirishni xohlamaydiganlarga ogohlantirish

Teleboshlovchi Taker Karlson Pavel Durovni ozod qilishni talab qildi:

"Bu platformalar egalariga hukumat buyrugʻiga koʻra haqiqatni yashirishni xohlamaydiganlarga ogohlantirishdir...

... Unga soʻz erkinligi bergani uchun uni Putin hibsga olmadi. Bu Bayden ma'muriyatining ittifoqchisi va NATOning faol a'zosi boʻlgan gʻarbiy davlat uni qamab qoʻydi...

Bugungi tunni Durov qamoqda oʻtkazadi. Sobiq erkin dunyo ustidan qorongʻilik tez tushyapti", — dedi Taker Karlson.

Telegram dunyodagi eng yaxshi ma'lumot almashish uchun platforma 

Devonayi Haqgoʻy kanali Durovning qoʻlga olinishi shubhali ekanligini taʼkidladi:

"Telegram dunyodagi eng yaxshi ma'lumot almashish uchun platforma. Shu bilan bir qatorda xavfsizlik masalasiga juda qattiq qarashadi. Shu paytgacha dunyoning hech bir xavfsizlik tuziliasiga shaxsiy ma'lumotlarni oshkor qilmagan. Shu bilan bir qatorda ushbu tarmoq turli jinoiy harakatlarni amalga oshirish uchun ham keng imkoniyatlar beradi. 

Durovning qoʻlga olinishi ancha shubhali. Menimcha, dunyoning kuchli xavfsizlik kuchlari oʻzlarining yoʻrigʻlariga solishmoqchi.

Durovning oqlanishini kutib qolamiz!", - deyiladi xabarda.

"Jirkanch gʻarbning asl yuzi"

Otabek Artikov Telegram asoschisining hibsga olinishiga shunday munosabat bildirdi:

"Mana jirkanch gʻarbning asl yuzi, Durov razvedka boshqarmalariga telegram foydalanuvchilari shaxsiy ma'lumotlarini berishdan doim bosh tortib kelgan, bosh egmagani uchun uni chopishmoqchiga oʻxshaydi.

Xayr soʻz erkinligi, xayr milliarder..."

Теги :
Jamiyat