$
 12825.01
12.71
 13552.19
19.84
 128.62
0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda dorixonalar xaridorlardan 7 milliard so‘m ortiqcha pul olgan

Dorixona

Raqobat qo‘mitasi dori vositalari ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi dorixonalarni amaldagi talablarga rioya etgan holda faoliyat yuritishi kerakligi yuzasidan ogohlantirdi.

“Fair tech” yagona axborot tizimi ma’lumotlari

Raqobat qo‘mitasining “Fair tech” yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar o‘rganilganda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 878 ta (295 ta ulgurji va 583 ta chakana) dorixonalar tomonidan jami 107 773 ta holatda iste’molchilardan 7 mlrd so‘mdan ortiq pul mablag‘lari ortiqcha olinganligi aniqlanib, belgilangan tartibda iste’molchilarga qaytarish choralari ko‘rilgan.

2 mlrd. so‘mga yaqin olingan asossiz pul mablag‘lari qayta hisob-kitob qilingan

Ma’lum qilinishicha, 405 ta (162 ta ulgurji va 243 ta chakana) dorixonalar tomonidan dori vositalariga belgilangan narxlarni oshirib qo‘llash natijasida 58 318 ta holatda jami 2 mlrd. so‘mga yaqin olingan asossiz pul mablag‘lari iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinib, iste’molchilarning nomuayyan doirasi huquqlari tiklash choralari ham ko‘rilgan. Bundan tashqari, dori vositalarining narxlarini oshirilishi yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri fuqarolardan 800 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularni ko‘rib chiqish natijasida 100 mln. so‘mga yaqin pul mablag‘lari iste’molchilarga qaytarilishi ta’minlangan.

Теги :
Salomatlik