$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Qiymati 1 mlrd. 700 mln. so‘mdan yuqori bo‘lgan noqonuniy dori vositalari ushlangan

positive

Barcha holatlarda qonunbuzarlar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Andijondagi holat

Andijon viloyatining Qorasuv shahrida yashovchi, 1983 y.t., muqaddam sudlangan A.D. sinfdoshi Sh.J. bilan o‘zaro til biriktirib, 2023-yilning avgust oyida Qirg‘iz Respublikasida istiqomat qiluvchi shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga davlat chegarasi orqali noqonuniy o‘tkazilgan 87 turdagi “Fokusin”, “Dopegit”, “Kogitum”, “Erinit” va boshqa dori vositalarini qabul qilib olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ xulosasiga ko‘ra, dori vositalarining umumiy qiymati 1.616.802.000 so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM ekspertiza tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalarining ma’lum bir qismi tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar davlat ro‘yxatidan o‘tmagan, davlat reestriga kiritilmagan hamda ularga nisbatan muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmagan.

Ta’kidlash lozimki, fuqaro A.D. muqaddam uyushgan guruh tarkibida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish va bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatlarini sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Jizzaxdagi holat

Avgust oyining birinchi 10 kunligida aniqlangan holatlardan yana birida Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi, IIB va Milliy Gvardiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar A.E. va A.S. fuqaro M.X. tegishli hujjatlari bo‘lmagan jami 31 ming dona "Natriy xlorid 0.9%" dori vositasini 8 000 AQSH dollari va 37,4 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Jinoyat ishlari

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi ya‘ni sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish hamda 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Bu holatlar haqida Bosh prokuratura huzuridagi prokuratura Departamenti va DXX xabar bergan.

Теги :
Jamiyat