$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Issiq kunlarda dori vositalarini qanday saqlash kerak?

dori

Har bir dori vositasining qoʻllash yoʻriqnomasida ularni toʻgʻri saqlash qoidalari va shartlari yozilgan boʻladi. Masalan, ba'zi preparatlar muzlatkichda, ayrimlari xona haroratida, yana bir turkumi quruq yoki qorongʻu joyda saqlanishi kerak.

Biroq yozning jazirama kunlarida bu talablarga alohida rioya qilish zarur. Chunki issiq havo ularning xususiyatlarini oʻzgartiradi va quyosh nurida qolib ketgan dorilar sogʻlik uchun zararli vositaga aylanishi mumkin.

Mutaxassis tavsiyasi

 "Farmatsevtik mahsulotlar xavfsizligi markazi" davlat muassasasi Farmakologik nazorat boʻlimi boshligʻi Elvira Svechnikova dori vositalarini qanday saqlash kerakligi boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

 "Avvalo, antibakterial preparatlar, surtma va gellar, gormonal dorilar, vitaminlar, plastir hamda tibbiy shamchalarni issiqdan himoya qilish lozim. Misol uchun, kremlar, surtma, shamchalar yuqori haroratda erigach, dorivor moddalarning ichki tarkibida qayta taqsimlanish jarayoni sodir boʻladi va hatto keyingi qayta sovitish ham ularni saqlay olmaydi", — deydi mutaxassis.

 Bundan tashqari, avtomashinalardagi birinchi yordam toʻplamlarini esdan chiqarmaslik kerak: ularni issiqda ham, sovuqda ham mashinada qoldirib boʻlmaydi.

 Hamma dori vositasini muzlatkichda saqlash notoʻgʻri!

 Xona harorati deganda, odatda 15°-25° daraja, shuningdek iqlim sharoitiga koʻra 30°S gacha boʻlgan harorat nazarda tutiladi. Bunday paytda dori vositalarini tibbiyot qutichasida jamlab, shkafda saqlashingiz maqsadga muvofiq.

8°dan 15° gradusgacha boʻlgan salqin muhitda ayrim dori vositalarini muzlatkichda saqlashga ruxsat beriladi.

 Bunda 8°S dan past haroratda fizik-kimyoviy xususiyatlari oʻzgarishi mumkin boʻlgan dori vositalari (damlamalar, suyuq ekstraktlar va boshqalar)ni muzlatkichda saqlash mumkin emas.

Dorilarni sovuqda saqlash

 Farmasevtika mahsulotlarini sovuq joyda saqlash deganda 2°C dan 8°S gacha boʻlgan mikroiqlim muhiti tushuniladi.

 Bunda dori-darmonlarni muzlatkichning devoriga yaqin joylashtirib, ularning muzlab qolishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Odatda, shamchalar (svecha), turli koʻz tomchilari, linimentlar, inyeksiya eritmalari, ferment tabletkalari shu tarzda saqlanadi.

Nimalarga eʼtibor berish lozim?

Muzlatkichning bir tokchasida dori vositalari va oziq-ovqatlar yonma-yon turishi qat'iyan man etiladi.

Preparatlarni saqlashda yorugʻlik va namlikdan himoya qilish kabi talablarga ham e'tibor berish zarur. Agar koʻrsatmada "qorongʻu joyda saqlang" deb yozilgan boʻlsa, unda siz dori qadogʻini yorugʻlikdan toʻliq himoya qilishingiz kerak.

Quruq joyda havo namligi 50 foizdan oshmasligi lozim.

Теги :
Jamiyat