$
 12047.45
26.55
 14099.13
110.41
 151.90
-3.59
weather
+26
Кечаси   +14°

Erkin savdoga yakun: Endi shifokor retseptisiz spirt ham ololmaysiz

10-dekabrdan boshlab Toshkentda va mamlakatning 15 ta tuman(shahar)larida elektron retseptlar tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni boshlanadi. Barcha tibbiyot muassasalari va aptekalarni to‘liq ulashish 2026-yil oxiriga qadar amalga oshirilishi kutilmoqda. Yangi tizim Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan joriy etilmoqda va tibbiyot sohasining umumiy raqamlashtirish tizimining bir qismi bo‘ladi.

Nimalar o‘zgaradi?

Hujjatga ko‘ra, tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari Milliy raqamli sog‘liqni saqlash platformasiga ulanishlari kerak (rasmiy ishga tushirilishidan oldin — “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimiga).

Barcha retseptli preparatlar faqat elektron shaklda yoziladi va ma’lumotlar avtomatik tarzda “Elektron retsept” moduli va bemorning elektron tibbiy kartasiga o‘tadi.

Retseptlar xalqaro patentlanmagan nomlar (XPN) bo‘yicha yoziladi, ba'zi kuchli ta’sir qiluvchi, psixotrop moddalar va reembursatsiya dasturiga kiritilgan dori vositalaridan tashqari.

Endi shifokor retseptisiz olish mumkin bo‘lmagan TOP-10 dorilar

Oldin erkin sotiladigan bir qator keng tarqalgan dorilar endi faqat retsept bilan beriladi. Ulardan ba’zilari:

Glyukoza

• Etanol tibbiy spirt 70%

• Ketonal®

• Azitromisin

• Viagra™

• Natriy xlorid

• Ampitsillin

• Sinaflan

• Omeprazol (Omez)

• Nimesil

Umumiy ro‘yxat 12 000 dan ortiq nomdan iborat — to‘liq ro‘yxat.

Tizim qanday ishlaydi?

1.     Shifokor qabuliga yozilish.

Bemor poliklinikaga murojaat qiladi — shifokor tibbiy axborot tizimida retseptni rasmiylashtiradi. Zaruriyatga ko‘ra (masalan, uyda ko‘rik o‘tkazishda) retsept mobil ilova orqali yaratilishi mumkin.

2.     Elektron karta.

Retsept avtomatik tarzda elektron tibbiy kartada aks etadi. Retseptda QR-kod va shifokorning elektron imzosi bo‘ladi.

3.     Preparatni olish.

Bemor yoki uning vakili aptekaga boradi, farmatsevt tizimda retseptni ko‘rib, dori vositasini chiqaradi. Preparatning seriyasi, muddati va partiyasi haqida ma'lumotlar ham tizimga kiritiladi.

4.     Nazorat.

Shifokorlar dorilarni onlayn rejimda kuzatib borishlari mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalarida elektron retseptlarni yuritishni nazorat qiladi, Farmatsevtik xavfsizlik markazi esa ularning aptekalarda bajarilishini nazorat qiladi.

Qachon elektron retsept yozilmaydi?

Shifokor elektron retseptni quyidagi holatlarda yozolmaydi:

• Davolash va tashxislash standartlariga ko‘ra tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lmasa;

• Preparat O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa (alohida orfan dori vositalaridan tashqari);

• Dori anestetik vositalarga kirsa;

• Preparat kuchli ta'sir qiluvchi yoki psixotrop moddalarga kirsa — ularning elektron hisobini 2027-yil 1-yanvargacha alohida ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Reembursatsiya: retsept bo‘yicha bepul dorilar?

Yangi tizim, shuningdek, reembursatsiya mexanizmini ishga tushiradi: bemorlar oilaviy shifokorining elektron retsepti orqali kafolatlangan ro‘yxatdagi dorilarni bepul olishlari mumkin. Bepul dorilarni faqat davlat tibbiy sug‘urta fondi bilan shartnoma imzolagan aptekalar berishi mumkin.

Elektron retseptda nimalar ko‘rsatiladi?

• Tibbiyot tashkilotining nomi va litsenziya ma’lumotlari;

• Retseptning yagona raqami va tuzilgan sanasi;

• Bemorning PINFL, FIO va tug‘ilgan sanasi;

• IKT bo‘yicha diagnoz;

• XPN yoki asl dori nomi, doza, qo‘llash tartibi, miqdori va davolanish muddati;

• Shifokorning FIO va aloqa ma'lumotlari.

Bular nima uchun kerak?

Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayev elektron retseptlar polipragmadiya (dorilarning ortiqcha tayinlanishi va tijorat maqsadlarida dori vositalarini majburan sotish) bilan kurashish uchun vosita bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tizim shaffoflikni ta'minlaydi: shifokorlar va farmatsevtlar klinik protokollarda belgilangan dorilardan ortiqcha dori tayinlay olishmaydi.

Теги :
Jamiyat
Salomatlik