$
 12790.43
22.17
 14486.44
86.4
 162.60
-0.03
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Endi .UZ zonasida bepul domen nomini tanlash uchun sun’iy intellekt yordam beradi

positive

.UZ domeni ma’muriyati domen nomlarini tekshirish uchun AI-yordamchisini ishga tushirdi. Bu haqda “Uzinfocom” integratori xabar berdi.

Aqlli tekshiruv

Ma’muriyat cctld.uz saytida domen nomlarini “aqlli” tarzda tekshirish imkoniyati yaratilganini ma'lum qildi. Yangi funksiya domen nomini tekshirish tizimiga o‘rnatilgan.

Agar foydalanuvchi tanlagan sayt nomi allaqachon band bo‘lsa, sun’iy intellekt yordamchisi shunga o‘xshash nom yoki ma’noga ega bo‘lgan tegishli muqobil variantlar ro‘yxatini taklif etadi.

Masalan, kinoman.uz domen nomiga muqobil sifatida AI-yordamchisi kinokazan.uz, kinomotion.uz, kinohub.uz, kinolook.uz va kinovision.uz variantlarini taklif qilgan.

“Bu qadam O‘zbekistonda raqamli xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha doimiy faoliyatimizning bir qismidir,” — deya ta’kidlashdi .UZ domen ma’muriyati xodimlari.

Rejalar

Aprel oyida tovar-xom ashyo birjasi “Uzinfocom” integratori bilan domen nomlarining onlayn auksionlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi memorandum imzoladi. Domen savdosini yo‘lga qo‘yish uchun veb-sayt va tender mexanizmini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Avvalroq “Uzinfocom” hisobni kuzatish va elektr energiyasi to‘lovini amalga oshirish uchun “HET Billing” mobil ilovasini joriy qilgani haqida xabar bergan edi.

Теги :
Jamiyat