$
 12809.05
22.07
 13765.89
12.21
 130.56
0.29
weather
+26
Кечаси   +14°

Qandli diabet yoshlar salomatligida qanday xavf keltirib chiqaradi?

diabet

Britaniyalik olimlar yoshligida qandli diabet bilan kasallangan odamlarda 40 yoshdan keyin mazkur kasallik rivojlanganlarga qaraganda xavfli oqibatlari yuqoriroq ekanligini aniqlashdi. Shuningdek, kasallik tashxisi qo‘yilgan yoshlarda qondagi qand miqdorini nazorat qilishda doimiy qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Tadqiqot natijalari The Lancet Diabetes & Endocrinolog jurnalida chop etildi.

Kasallik barvaqt o‘lim xavfini kuchaytiradi

Qandli diabet ­— asosiy energiya manbayi bo‘lgan glyukozaning hujayralarga kirmasligi bilan kechadigan kasallik bo‘lib, organizmda metabolik jarayonlar noto‘g‘ri ishlay boshlaydi. Natijada insulin darajasi pasayadi va qonda shakar miqdori oshadi.

Ma’lum qilinishicha, bir guruh tadqiqotchilar 4550 nafar 25 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan yangi qandli diabet tashxisi qo‘yilgan bemorlarni sog‘ligini 30 yil davomida kuzatib borishdi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ushbu turdagi kasalliklarga erta chalinish ko‘zning shikastlanishi (diabetik retinopatiya) va buyrak yetishmovchiligi kabi asoratlar xavfini oshiradi, shuningdek, erta hayotdan ko‘z yumish ehtimolini oshiradi.

Xastalik tufayli yoshlar qondagi qand miqdorini nazorat qila olmaydi

Shuning bilan birga, kasallik tashxisi erta qo‘yilgan yoshlarda qondagi qand miqdorini nazorat qilishda doimiy qiyinchiliklar yuzaga keladi, bu ham kasallikning kechishini og‘irlashtiradi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, 2-toifa diabetga chalingan yosh (40 yoshgacha) bemorlarda yuqori qand miqdori qonga uzoq vaqt ta’sir qilishi umr ko‘rish davomiyligini qisqartirishi mumkin.